Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Gulshoda Safarova/Daniel G. Bobrow

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daniel Gureasko Bobrow (1935-yil 29-noyabr – 2017-yil 20-mart) amerikalik kompyuter olimi boʻlib, u axborot texnologiyalari olamida tez-tez tilga olinadigan STUDENT sunʼiy intellekt dasturini yaratgan. Bu ishi esa unga doktorlik dissertatsiyasini qoʻlga kiritishiga sababchi bo'ldi [1] [2]. Dastlab BBN Technologies (BBN) da ishlagan olim, keyinchalik Palo Alto Research Centerining Intellektual Tizimlar laboratoriyasida ilmiy xodim boʻlib faoliyat yuritgan..

1935-yilda Nyu York shahrida tug'ilgan bo'lishiga qaramasdan, u 1957- yilda RPIdan bakalavr darajasini, 1958-yilda Garvardda SM va 1964-yilda esa Marvin Minsky rahbarligida MITda matematika fanlari nomzodi darajasini olgan. BBN da u TENEX ning ishlab chiquvchisi bo'lgan[3] [4].

Bobrow American Association for Artificial Itelligence (Amerika sun'iy intellekt assotsiatsiyasi) (AAAI) prezidenti, Cognitive Science Society (Kognitiv fanlar jamiyati) raisi, Artificial Intellegence (Sun'iy intellekt) jurnalining bosh muharriri kabi lavozimlarda ishlagan. Daniel Gureasko Bobrow 1992-yilda ACM dasturiy ta'minot tizimi mukofotini Interlispdagi ishi uchun boshqa besh PARC olimlari ( Richard R. Burton, L. Peter Deutsch, Ronald Kaplan, Larri Masinter va Warren Teitelman ) bilan bo'lishdi[5]. U ACM va AAAI a'zolari safida bo'lgan[6]

Qo'shimcha o'qish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Rusty Bobrow (Danielning ukasi), "Danny Bobrow: A Personal Recollection", AI Magazine 38 :4:85-86 (2017) to'liq matn

[[Turkum:Harvard universiteti bitiruvchilari]] [[Turkum:Amerikalik informatiklar]] [[Turkum:2017-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1935-yilda tugʻilganlar]]