Foydalanuvchi:Fesleen/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qirolichaning yurishi
Rejissyor(lar) Scott Frank
Rollarda
Sharhlovchi(lar) Steven Meizler
Muharrir(lar) Michelle Tesoro
Distribyutor Netflix
Chiqarilgan sanasi 23-oktyabr, 2020-yil(2020-10-23)
Davomiyligi 46-76 daqiqa
Mamlakat Amerika Qo'shma Shtatlari
Til Ingliz tili

Qirolichaning yurishiWalter Tevisning 1983-yilda yozilgan asaridan ilhomlangan holatda su’ratga olingan sanoqli qismli serial. „Qirolichaning yurishi“ sarlavhasi shaxmat ochilishiga ishora qiladi. Film qismlari Scott Frank tarafidan tashkil qilingan va u bu ishlarni kitob huquqlariga ega boʻlgan Allan Scott bilan birga yaratgan. 1950-yillarning oʻrtalaridan boshlanib, 1960-yillargacha boʻlgan voqea giyohvandlik va alkogolga qaramlik bilan kurashgan holda shaxmat olamining eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan xayoliy shaxmat shaydosi Bet Harmonning (Anya Taylor-Joy) hayoti haqida hikoya qiladi.

Netflix 2020-yil 23-oktabrda „Qirolichaning yurishi“ filmini namoyish etdi. To‘rt haftadan so‘ng u Netflixning eng ko‘p ko‘rilgan ssenariyli mini-serialiga aylandi va bu Netflixning 63 mamlakatdagi eng yaxshi dasturiga aylandi. Serial tanqidchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi, ayniqsa Taylor Joyning ijrosi, kinematografiyasi va ishlab chiqarish qadriyatlari maqtovga erishdi. Shuningdek, u shaxmatni yuqori saviyadagi to‘g‘ri tasvirlagani uchun shaxmat jamoatchiligidan ijobiy javob oldi va maʼlumotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu film shaxmat o‘yiniga jamoatni qiziqishini ancha oshirgan. [1][2]

Qirolichaning yurishii oʻn bitta Primetime Emmy mukofotini qoʻlga kiritdi, jumladan Outstanding Limited yoki Anthology Series, bu kategoriyani yutib olgan oqim xizmatidagi birinchi namoyish boʻldi.[3] Serial shuningdek, ikkita Oltin globus mukofotini qoʻlga kiritdi: Taylor Joy uchun Best Limited Series yoki television film va eng yaxshi aktrissa mukofotlarini aynan shu film orqali qoʻlga kiritdi.

Umumiy fikr[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Qirolichaning yurishi“ hissiy muammolar, giyohvandlik va spirtli ichimliklarga qaramlik bilan kurashgan holda, kuchli shaxmatchi boʻlishga intilish paytidagi yetim shaxmatchi Elizabeth Harmonning hayotini tasvirlaydi. Filmning nomi xuddi shu nomdagi shaxmat ochilishiga ishora qiladi. Hikoya 1950-1960-yillarning oʻrtalarida yozilgan.

1950-yillarda Lexington, Kentucky, sakkiz yoshli Beth, avtohalokatda onasini yoʻqotib, bolalar uyiga olib kelinadi va u yerda binoning qoʻriqchisi janob Shaybeldan shaxmat oʻynashni oʻrganadi. Oʻsha paytlarda odatiy hol boʻlganidek, bolalar uyi qizlarga „oʻz holatini muvozanatlash“ uchun har kuni tinchlantiruvchi dorilarni tarqatadi, bu Bet huchun giyohvandlikka aylanishni boshlaydi. U hayolot qobiliyati tufayli tezda kuchli shaxmatchiga aylanadi. Bir necha yil oʻtgach, Bethni shahar atrofidagi farzandsiz oila Alma and Allston Wheatley asrab oladi. U yangi uyiga moslashar ekan, Beth shaxmat tanlovlariga kiradi va shaxmatda ilgari tajribaga ega boʻlmaganiga qaramay gʻalaba qozonadi. Alma dastlab Bethning shaxmatga boʻlgan qiziqishiga qarshilik koʻrsatadi, lekin Beth oʻzining birinchi tanlovida gʻalaba qozonganidan soʻng, Alma oʻz asrab oluvchi qizining turli shaxmat musobaqalarida qatnashishini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi. U bir nechta odamlar bilan doʻstlikni rivojlantiradi, jumladan Kentucky shtatining sobiq chempioni Harry Beltik,, AQSh milliy chempioni Benny Watts va jurnalist va oʻyinchi D. L. Townes. Beth shaxmat olamining eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilib, muvaffaqiyatidan moliyaviy foyda koʻrar ekan, uning giyohvandlik va spirtli ichimliklarga qaramligi yomonlashadi. U mehribonlik uyida birga oʻsgan eng qadimgi doʻsti Jolenning yordami bilan u oʻzining eng katta sinoviga, Moskvada dunyoning eng yaxshi oʻyinchilariga qarshi yirik xalqaro shaxmat chempionatiga tayyorlanadi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Main[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Anya Taylor-Joy Beth Xarmon rolida, dunyodagi eng buyuk shaxmatchi boʻlish istagi tufayli raqobatbardosh yosh voyaga yetgan qarovsiz qiz, shu bilan birga uning ishlashiga imkon beruvchi giyohvandlik va alkogolga qaramligining kuchayib borayotganini doimo yashirib keladi.
  • Isla Jonston toʻqqiz yoshli Bethning rolini ijro etgan.
  • Annabeth Kelly besh yoshli Bethning rolini ijro etgan.
  • Bill Camp as Mr. William Shaibel, Methuen Qizlar uyining qo‘riqchisi va Bethga o‘yin o‘ynashni o‘rgatuvchi tajribali shaxmatchi.
  • Moses Ingram Methuen uyidagi isyonkor oʻspirin Jolen rolida, u Betning bolalikdagi eng yaqin doʻstiga aylanadi.
  • Christiane Seidel Helen Dirdorff rolida, Methuen qizlar uyi direktori.
  • Rebecca Root Miss Lonsdeyl rolida, Methuendagi ruhoniy va xor direktori.
  • Marielle Heller Alma Wheatley rolida, u eri Allston bilan Bethni yosh oʻsmir sifatida asrab oladi va keyinchalik Bethning shaxmat karerasi uchun menejer sifatida ishlaydi. Almaning haqiqiy farzandi Beth asrab olinishidan bir muncha vaqt oldin vafot etadi va u Betga taʼsir qila boshlagan alkogolizmni kuchaytiradi.
  • Harry Melling Kentucky shtati chempioni, Beth birinchi musobaqada unga magʻlub boʻlgan ammo keyinroq esa u bilan yaqin doʻstlarga aylanishgan.
  • Patrick Kennedy Allston Wheatley sifatida Almaning turmush oʻrtogʻi va Bethning otasi roʻlini ijro etgan.
  • Marcin Dorociński - Vasiliy Borgov, Sovet Jahon chempioni va Bethning eng katta muammosi.

Asar yozilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxmat bo'yicha sobiq jahon chempioni Garri Kasparov va shaxmat bo'yicha murabbiy Bryus Pandolfini maslahatchi sifatida ishladilar [4][5]. Taxminan 38 yil oldin roman nashr etilishidan oldin Pandolfini Tevis bilan maslahatlashib, “Qirolichaning yurishi"bilan chiqqan edi.

Saralash jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seriya buyurtmasi bilan bir qatorda Anya Taylor Joy bosh rolni ijro etishi e'lon qilindi [6]. 2020-yil yanvar oyida Moses Ingram serialning aktyorlar tarkibiga qo‘shilgani haqida xabar berildi [7]. Mini-serial premyerasi sanasi e'lon qilingandan so'ng, Bill Camp, Thomas Brodie-Sangster, Harry Melling va Marielle Heller bosh rollarni ijro etgani e'lon qilindi. Suratga olish ishlarining aksariyati Berlinda olib borilganligi sababli, kichik rollarni asosan ingliz va nemis aktyorlari ijro etgan. [8][9]


Suratga olish jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spandau Rathausning ichki qismi Cincinnati shahridagi mehmonxona, Ohio

Ishlab chiqaruvchi dizayner Uli Hanisch 1950 va 1960 yillardagi estetikani uygʻotish uchun seriyalar toʻplamlarini ishlab chiqdi. Serialning katta qismi Berlinda suratga olingan, chunki u yerda topilgan interyerlar koʻplab namoyish joylarini, jumladan, Las-Vegas, Cincinnati, Mexiko, Moskva va Parijni qamrab olishi mumkin edi. [10][11]

Adaptatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil boshida, serial muvaffaqiyati tufayli, musiqiy film yaratish niyatida Tevis romaniga teatr huquqlari qoʻlga kiritildi[12].

  1. Rosen, Christopher (November 23, 2020). „The Queen's Gambit Has Everyone Buying Chess Boards“. Vanity Fair. November 23, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: November 23, 2020.
  2. Allebest, Erik „Incredible Second Wave of Interest in Chess“. Chess.com (2020-yil 22-noyabr). 2020-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-noyabr.
  3. Fienberg, Scott „Emmys: 'The Queen's Gambit' Wins Best Limited Series“. Hollywood Reporter (2021-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-sentyabr.
  4. Berman, Judy (October 20, 2020). „Netflix's Marvelous The Queen's Gambit Is the Kind of Prestige Drama TV Doesn't Make Anymore“. Time. October 27, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: October 27, 2020.
  5. Hartmann, John „The Queen's Gambit – Out Today On Netflix!“. Chess Life (2020-yil 23-oktyabr). 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  6. Thorne, Will „Anya Taylor-Joy to Star in 'The Queen's Gambit' Limited Series at Netflix“. Variety (2019-yil 19-mart). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyul.
  7. Sneider, Jeff „Newcomer Moses Ingram Joins Denzel Washington in Joel Coen's 'Macbeth'“. Collider (2020-yil 15-yanvar). 2020-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  8. Roots, Kimberly „Game of Thrones, Peaky Blinders Stars Play a Risky Game in Netflix Chess Drama The Queen's Gambit — Watch“. TVLine (2020-yil 27-avgust). 2020-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.
  9. Nolfi, Joey (August 27, 2020). „Anya Taylor-Joy puts the patriarchy in check in The Queen's Gambit teaser“. Entertainment Weekly. August 27, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 27, 2020.
  10. Wallace, Rachel „Why Is Everyone So Obsessed With The Queen's Gambit?“. Architectural Digest (2020-yil 24-noyabr). 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
  11. Cooper, Leonie „'The Witch' star Anya Taylor-Joy: "People always want to put you in a box"“. NME (2020-yil 20-fevral). 2020-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  12. Lang, Brent „'The Queen's Gambit' Getting Turned Into Stage Musical“. Variety (2021-yil 8-mart). Qaraldi: 2021-yil 9-mart.