Foydalanuvchi:CentralAsianEditor/qumloq
Milliy tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisi 2020-yil hisobiga 93,500 kishini tashkil qildi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 9,7 kishi (2020). Shahar aholisi 12,8 ming kishidan ziyod, qishloq aholisi 80 ming kishi.
O'zbek urug'lari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Forishda O'zbeklarning turk, mang'it (qoramang'it to'pi), nayman, qon'g'irot (xonjig'ali shohobchasi) kabi urug'lari ma'lum[1]. Shuningdek asli Qorateginlik deyilgan Qozito'pi urug'idan ham aholi bor.
Mang'itlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]19-asr oxiri 20-asr birinchi yarmida mang;itlar etnografik urug' sifatida Nurota tog'ining janubi-sharqiy hududlarida, asosa, Forishda Ilonchi, Osmonsoy, Yomchi, Sayyod, Baland Osmon, Bog'don, Qurbonhoji qishloqlarida, hususan Ustuxon cho'lidan to Og'ziketgacha bo'lgan qishloqlarda tarqoq holda joylashganlar.Bog'don (Forish) mang'itlari (qora-mang'it to'pi) asosan 2 ta katta qavmga bo'lingan: Qiro'ylik va Soylik[2]. Va har biri 4 tadan jami 8 ta mayda urug'-to'pga bo'linadi:
- Qirliklar:
- Shatolib. Urug' nomi urug' boshi Shohtolib ismidan olingan. Shatoliblar 20-asr boshida asosan Ko'hnabozor qishlog'ida yashashgan[3]. Eng mashhur vakili Abdurahmon jevachi 1916-yili Jizzax qo'zg'olonida Bog'donliklar yetakchisi bo'lgan)
- Qurbonhoji. Urug' nomi urug' boshi Qurbon hoji ismidan olingan. Qurbonhojilar shu nom bilan atalgan Qurbonhoji qishlog'i, Katta-Bog'don va Ustaqishloqda yashashgan, temirchilik va yog'och ustachiligi, bog'dorchilik, uzumchilik bilan shug'illanishgan. Mashhur vakili Evril Turon
- Odinasariq. Urug' nomi urug' boshi Odina ismidan olingan. XX asr boshida Mulla Abdulla Xo'ja Muhammedov odinasariqlar yetakchi bo'lgan va Abdurahmon jevachi bilan Jizzax qo'zg'olonida hamkorlik qilgan[4]
- Xo'jakarsan. Urug' boshi Abdujabbor yoki Xo'ja Karizon ismidan olingan. Qurbonhoji qishlog'ida va Baland osmon qishlog'ida yashashgan[5]. Mulla Shoyiim Mirzayev (1902-1984) ushbu urug' oqsoqoli bo'lgan[6]
- Soyliklar:
- Aqaat. Urug' boshi Ahad ismidan olingan.
- Mansur Urug' boshi Mansur ismidan olingan.
- Qahramon Urug' boshi Qahramon ismidan olingan.
- Jalmaat Urug' boshi Jolmahammad ismidan olingan.
Shuningdek Bog'don mang'itlarining Chululi, Bo'rong'uji bo'laklari mavjud.
O'zbek xo'jalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]O'zbek xo'jalari Forishning azaldan yashab kelgan o'troq qatlami bo'lib Garasha qishlog'ida o'zbek-turkmanlarining bizov, girra, urug'-qavmlari bilan aralash yashab kelgan. Muhammad Sharif Grihkushoh Imom Husaynning avlodlaridan deyiladi va Garasha nomi ham Grihkushohdan olingan. O'zbek xo'jalarining Muhammad Sharif Grihkushohdan boshlab shajarasi quyidagicha: Muhammad Sharif Grihkushoh - Muharramshoh - Bahovuddin - Isoh - Sharofiddin - Shohi Hilvatiy - Shavkulloh - Sa'di - Shahobiddin - Ishkulloh - Boboahmad - Ishqul - Abdurahmon Vali - Imomi Kalonxon Eshon - Imomi Azizon Eshon - Luqmon Eshon.
- ↑ ЖЎЛИБОЙ ЭЛТАЗАРОВ. ЭСДАЛИКЛАР: дунёни таниш ва дунёга танилишнинг қиймати, 2021. ISBN 978-9943-7224-2-2.
- ↑ [chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://n.ziyouz.com/books/jurnallar/guliston/Guliston%20-%202011-5-6.pdf „Ming tomirli ulkan daraxt“].
- ↑ [chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://www.ziyouz.com/books/uzbek_nasri/Anvar%20Javlonov.%20Tog'%20burguti%20(qissa).pdf „Tog' Burguti: Abdurahmon Jevachi“].
- ↑ [chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://istmat.org/files/uploads/37050/krasnyy_arhiv_60-1933.pdf „Джизакское восстание 1910 г. С предисловием А. Ше стакова“].
- ↑ „Esdaliklar“.
- ↑ Juliboy Eltazarov. „Esdaliklar“ (2021).