Foydalanuvchi:Bintus Blog/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sariq devni minib[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mutolaa
  • Tahrirlash
  • Manbasini tahrirlash
  • Tarix
  • kuzatma

Asboblar

Umumiy

Nashr/eksport qilish

  • PDF sifatida yuklash
  • Bosma uchun versiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sariq devni minib - taniqli o'zbek yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyev tomonidan 1968-yilda yozilgan sarguzasht roman. Ushbu asar asosida rejissor Sarvar Karimov tomonidan 2014-yilda film suratga olingan.

Asar haqida[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Ma’lumki, “Sariq devni minib” romani X.To’xtaboyev ijodidagina emas, o’zbek bolalar adabiyotida ham alohida sahifani tashkil etadi. Asardagi sehrli qalpoqcha timsolini adibning jiddiy ijodiy topilmasi deyish mumkin. Sehrli qalpoqcha muallifning badiiy niyatini ijro etish uchungina qulaylik tug’dirib qolmasdan, kitobxonning qiziqishini tutib turuvchi vosita vazifasini ham bajaradi. “Sariq devni minib"sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo'lib, ularning sevimli kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo'l halol mehnat, yaxshi xulq odob va qunt bilan o'qishda ekanligi ta'kidlanadi.

Asar qahramoni[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar bosh qahramoni Hoshimjonning sehrli qalpoqchasi yozuvchi uchun “tilla kalit” vazifasini o taydi. Hoshimjon sehrli qalpoqcha yordamida turli ko’chalarga kirib chiqadi. Uning sarguzashtlari bilan tanishgan kichik kitobxon har narsaga qodir sehrli qalpoqchasi bo’lgan taqdirda ham Hoshimjonning bilim olmasdan, biror kasb-hunarning boshini tutmasdan, hayotda o’z o’rnini topib, baxtli bo’lolmasligiga ishonch hosil qiladi. Bu esa “Bilim ol”, “Hunar o’rgan” degan quruq pand- nasihatdan ming chandon ta’sirliroqdir. Asar qahramoni Hoshimjon ham o’z nafsiga anchagina erk beradi, ya’ni nafs deviga minib yo’lga tushadi.

Hoshimjon sho’x, g’ayratli, hozirjavob, ziyrak, serfahm bola. Lekin shu bilan birga, jindak ayyorligi, lofchiligi, qo’rqoqligi, yolg’onchiligi ham bor. Yerga ursa ko’kka sapchiydigan kichik qahramon jo’shqin orzularga beriladi, sehrli qalpoqcha yordamida o’qimasdan turib odam bo’lish mumkin deb o’ylaydi. Hatto, bu borada maktab direktori O.Azizov va o’qituvchisi Qobilov bilan ham ko’p bora tortishadi. Hali o’qib o’rganmagan, ozmi-ko’pmi hayot sirlaridan bexabar bo’lgan Hoshimjon ko’p hollarda mushkul ahvolga ham tushib qoladi. Shunday damlarda u qalpoqchaga yuzlanib: “Menga aql o’rgat, yo’l ko’rsat”,- deya iltimos qiladi. Ammo do’sti sehrli qalpoqcha: “Aql sehrga bo’ysunmaydi, bo’yingga bo’y qo’shganim bilan, aqlingga aql qo’sholmayman, bari bir, o’qib o’rganishing kerak, Hoshimjon”, – deb unga to’g’ri yo’l ko’rsatadi.

Film[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda "Sariq devni minib" asari asosida suratga olingan " Sexrli qalpoqcha" filmi ekran yuzini ko'rdi. Asosiy rollarni Bunyod Rahmatullayev, Shohruh Asadullayev, Tohir Saidov, Muhammadiso Abdulxairov, Fotima Rejametova, Dilbar Ikromova singari aktyorlar ijro etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Xudoyberdi To'xtaboyev

“Sariq devni minib"

Film

Tohir Saidov

Muhammadiso Abdulxairov,

Fotima Rejametova

Dilbar Ikromova