Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:BigSnowMan

Koordinatalari: 40°13′13″N 69°16′4″E / 40.22028°N 69.26778°E / 40.22028; 69.26778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bekobod
shahar
40°13′13″N 69°16′4″E / 40.22028°N 69.26778°E / 40.22028; 69.26778
Mamlakat Oʻzbekiston
{{{mintaqa_turi}}} Toshkent viloyati
Hukumat
Asos solingan 1899
Avvalgi nomlari Xilkovo Begobod
Iqlim turi Keskin Kontinental
Rasmiy til(lar)i Oʻzbekcha
Aholisi
 (2009)
101 292
Milliy tarkib oʻzbeklar, qozoqlar, tojiklar
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +99870
Bekobod xaritada
Bekobod
Bekobod
Bekobod xaritada
Bekobod
Bekobod
Bekobod yaqinidagi Qizil mozor maqbarasi

Bekobod — Toshkent viloyatidagi shahar (1954-yildan). Toshkentdan 189 km janubida, Dalvarzin choʻlining jan.sharqida. Tojikiston Respublikasi chegarasi yaqinida. Bekobod stansiyasi. Sirdaryoning har ikkala sohilida, shim.sharq va jan.sharqdan togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28 — 30°, yanvarniki −2, −3°. Yiliga 300 mm dan ziyod yogʻin tushadi. Aholisi 85,4 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar; shuningdek rus, tatar, koreys, qozoq, tojik va boshqa ham yashaydi. B. yaqinidan Dalvarzin va Doʻstlik kanallari boshlanadi. B. OʻzRning industriya markazlaridan biri. 1942-yil metallurgiya zavodi kurila boshladi. Oʻrta Osiyodagi bu yagona qora metallurgiya markazi 1944-yil dastlabki poʻlat va 1946-yil birinchi prokat berdi. Sement kombinati, temirbeton buyumlari (sugʻorish novlari va boshqalar), qum-shagʻal, gʻisht, paxta, sut va non zavodlari, goʻsht kombinati va boshqa bor. Shahar yaqinida 1943-yil Farhod GES qurilgan. B.da industriya texnikumi, tibbiyot bilim yurti, 17 umumiy taʼlim maktabi, 2 musiqa va sport maktab lari, 11 ommaviy kutubxona, 1 klub, 4 madaniyat uyi, metallurgiya madaniyat saroyi. muzey, 7 kasalxona bor (2000).[1]

  1. "BigSnowMan" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil