Foydalanuvchi:Bahodor0303/KYOPRULYU ISLOHOTLARI

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KYOPRULYU ISLOHOTLARI[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi bosqinchilik yurishlari uchun mablag‘ topish maqsadida buyuk vazir Mahmed Kyoprulyu (1656 –1661)  sipohiylar qo‘shinining ilgarigi imkoniyatlarini qayta tiklashga asosiy e’tiborni qaratdi, chunki bu ish hukumatning harbiy xarajatlarini bir necha barobar qisqartirishi mumkin edi. Mahmed Kyoprulyu va uning vorislari – Fozil Ahmet Kyoprulyu va Qora Mustafo Kyoprulyu tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar feodal ko‘ngillilar safining ko‘payishiga olib keldi.Kyoprulyu turk qo‘shinlarining jangovar qudratini oshirishga, Kichik Osiyo va Suriyadagi feodallarni bo‘ysundirishga va markaziy hokimiyatni mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq Kyoprulyu islohotlari oldingi harbiy-feodal tizimni to‘la tiklay olmadi. Kyoprulyu islohotlarini xarakteriga ko‘ra, ikki uchli tayoqqa o‘xshatish mumkin edi. Bir tomondan bu islohotlar bir necha yillar davomida harbiy muvaffaqiyatlarni ta’minladi, ikkinchi tomondan esasipohiylik tizimining so‘nggi zahiralarini ham safarbar qilib bo‘ldi. Turklarning yangi g‘alabalari feodal ekspluatatsiyaningkuchaytirilishi,dehqonlarningommaviy kambag‘allashuvi hisobiga amalga oshgan edi. Oqibatda, Kyoprulyu islohotlari sipohiylik tizimining to‘la barbod bo‘lishiga olib keldi. 1683 yili turklarning Vena ostonalaridagi mag‘lubiyati Usmoniylar imperiyasining harbiy va siyosiy qudratini qaytarib bo‘lmasligini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi.[1]

  1. Shuhrat Ergashev ,, Jahon tarixi " Toshkent 2013-yil.