Foydalanuvchi:Abrortdshu/G'ulomlar sulolasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shamsiddin Eltutmish davrida Dehli saltanati zaminida mo'g'ullar tomonidan ta'qib qilinayotgan Muhammad Xorazm shohning o'g'li Jaloliddin Manguberdi maydonga chiqdi[1].Bu vaqtda mo'g'ullar butun O'rta Osiyo hamda Manjuriyadan Turkistongacha cho'zilgan hududlari istilo qilib bo'lgan edi.Bu ulkan davlat tepasida ko'plab xalqlar va elatlarni larzaga keltirgan Chingizxon turardi[2].Eltutmishni o'ziga ittifoqchi qilish maqsadida Jaloliddin unga mo'g'ullarga qarshi birlashib kurashni taklif qiladi[3].Ammo Dehli sultoni unga ijobiy javob bermaydi.

Eltutmish davrida Shimoliy Hindistonda musulmon harbiy boshliqlarning hukmronligi o'rnatildi.Harbiy a'yonlar "qirqlar" nomini olgan kuchli feodal guruhdan tashkil topgan edi (bu guruh asosan qirq nafar harbiy boshliqlardan iborat edi).Davlat xizmatidagi amaldorlar va din peshvolarining aksariyati xurosonli forslar edi.Islomning sunniy mazhabi davlat dini hisoblanardi.Dehli sultonligining avvalgi ikki hukmdori musulmon harbiy boshliqlari tomonidan saylangan bo'lsa-da,Eltutmish sultonlik mansabini vorisiy qilishga jazm etdi va qizi Roziyani taxt vorisi deb e'lon qildi.Roziya garchi qattiqqo'l, aqlli ayol bo'lsa-da,musulmon harbiy boshliqlari unga bo'ysunishni o'zlariga or deb bilishdi. O'n yil o'tar-o'tmas Roziya suiqasd natijasida o'ldirildi. Mamlakatda parokandalik boshlandi.Ayni shu damda qo'qqisdan mo'g'ullar Hindistonga bostirib kirdilar.1241-yilda ular Loxumni olishga erishdilar.1246-yili Eltutmishning kenja o'g'li Nasriddin taxtga chiqdi.Lekin haqiqiy hokimiyat uning irodali,qobiliyatli maslahatchisi boʻlgan G'iyosiddin Bolbonning qo'lida edi.1265-yilda Nasriddinning vafotidan so'ng u taxtni egalladi(1265-1287-yillar). Bolbon mo'g'ullarni mamlakatdan quvib chiqarishga muvaffaq bo'ldi va shimoliy-g'arbiy chegarada tayanch nuqtalari sifatida bir necha istehkomlar bunyod qildi.U shafqatsizlik bilan xalq qo'zg'olonlarini bostirdi, "qirqlar" to'dasining kuchini sindirdi,1280-yilda Bengaliyadagi musulmon harbiy boshliqlar isyonini daf etdi.

Sulton vafot etganidan so'ng mamlakatdagi feodal guruhlar o'rtasida yana nizolar boshlandi.Bu kurashda turkiy qavmlarga mansub xiljiylar deb nomlangan harbiy boshliqlar g'olib keldilar. Taxtga 70 yoshli Jaloliddin Feruz chiqdi (1290-1296-yillar).

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Бойназаров Ф. Кадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004
  2. Gʻofurov A. Hindiston.Fagʻona davlat universiteti.2009
  3. Lafasov M. Jaxon tapixi (1918-2008). T.. 2010

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Shamsiddin_Eltutmish“.
  2. „Temuchin“.
  3. „Jaloliddin Manguberdi“.