Fotomontaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
fotoni kengaytirilgan manipulyatsiyasi

Fotomontaj (qad. yun. φῶς, bosh kelishikda qad. yun. φωτός — yorugʻlik va frans. montage — koʻtarish, oʻrnatish, yigʻish) turli fotografik qismlardan tashkil topgan tasvirni yaratish jarayonidir. Fotomontaj plakatlar, reklamalar, karikaturalar va h. k.larni tayyorlashda keng qoʻllaniladi.

Fotomontaj yoki kollaj uni shu nom bilan ham atashadi, fotografiya yuzaga kelgandan soʻng rivojlana boshladi. Mashxur fotomontaj namunalaridan biri Oskar Gustav Reylanderning 1857 yilda yaratilgan „Hayotning ikki koʻrinishi“ deb nomlangan ishidir[1]. Bu sanʼatning ilk namunalari yillar mobaynida va mashaqqatli mehnat jarayonida yaratilgan. Biroq texnologiyalar muttasil rivojlandi va hozirgi kunda ham raqamli fotografiya va koʻplab kompyuter fototahrir programmalari tufayli kollaj tayyorlash jarayoni yanada soddalashdi.

Fotomontaj tayyorlash jarayonidagi eng qiyini ranglarni va yorqinlikni tanlash, aloxida qismlarni masshtabini aniqlash va ularni tasvirda tekislashdir. Umuman axamiyatga ega boʻlmagan qarama-qarshilik ham kuzatuvchi nigohiga tezda tashlanishi va fotomontajni bildirib qoʻyishi mumkin. Fotomontajni nafaqat profissionallar balki oddiy odamlar ham qoʻllashlari mumkin. Uning yordamida yaqinlarga sovgʻa qilish mumkin boʻlgan orginal suratlar yaratsa boʻladi. Buning uchun asosiysi fantaziyani ishga solish kerak va uning parvozi har bir kishi bunday kuchli asbobni oʻz soxasida qoʻllash imkonini beradi.

Fotomontaj — aysbergning suv ostidagi ko'rinishi


Muqobil fotomontaj[tahrir]

Fotomontajning muqobil usulida fotografiyadan tasvirning kerakli kerakli qismi qirqib olinadi, ularga kerakli masshtabgacha kattalashtirish yo'li bilan tortiladi, varoqqa yopishtirib chiqiladi, fotoretushlanadi, so'ngra qayta suratga olinadi. Boshqa variantda esa pechatlash mobaynida bir necha negativlarni birlashtiriladi. (ingl.)

Kompyuter fotomontaji[tahrir]

Kompyuter texnikalarining rivojlanishi bilan fotomontaj uchun ko'plab ta'minot dasturlari paydo bo'ldi. Ular ichida ko'proq tarqalgan fotomantaj dasturi — Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint, GIMP lardir.


Raqamli fotografiya suratga olingan materialni skanerlashsiz raqamli fotomontaj qilish imkonini beradi.


Mualliflar[tahrir]

Andoza:Photo-stub

Manbalar[tahrir]