Fosfororganik birikmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fosfororganik birikmalar — tarkibidagi fosfor atomi uglerod atomiga bevosita yoki geteroatom — kislorod, azot, oltingugurt orqali birikkan organik birikmalar sinfi. Keyingi tipdagi Fosfororganik birikmalar fosfat, pirofosfat, trifosfat kislota efirlari xrlida tabiatda keng tarqalgan (fosfat kislotalar); bularga nuklein kislotalar, koʻpgina muhim kofermentlar, adenozintrifosfat kislota va baʼzi vitaminlar kiradi.

Fosfororganik birikmalar turli belgilariga qarab tasniflanadi. Molekuladagi uglerod— fosfor (S—R) bogi soniga qarab, chunonchi: birlamchi (RPH2), ikkilamchi (R2PH) va uchlamchi (R3P) fosfinlar va ularning turli hosilalari (R — organik qoldiq), fosforning valentlik holatiga koʻra, 3 va 5 valentli fosfor hosilalari bor; fosforning kordinatsion soni 2, 4, 5 va 6 ga teng boʻlgan birikmalari ham maʼlum. Fosfor funksiyasi tasnifiga kura, fosfinlar, fosfin oksidlari (R3PO), sulfidlar (R,PS), iminlar (R3PNR), fosfinometilenlar (R3P=CR’R"), fosfoniy birikmalari (R4P’X ), kislorodli kislotalar: fosfonid (RPO2H2), fosfinid (R2POH), fosfonat (RPO3H2), fosfinat (R2PO2H) kislotalar va ularning turli sulfidli va nitritli analoglari hamda hosilalari, shuningdek, gipofosfit N3RO2, fosfit, N3RO, fosfat N3RO4 kislotalar va boshqa kislotalarning organik hosilalari (efirlar, amidlar, angidridlar va boshqalar) boʻladi. Bundan tashqari, R— R bogli Fosfororganik birikmalar ham bor, mas, di, triva tetrafosfinlar, tegishli siklofosfinlar va ularning hosilalari.

Fosfororganik birikmalar sintezida S—R bogʻini hosil qilish usulining ahamiyati katta. Bunga Arbuzov reaksiyasi: (RO),P+R’ X—> >R’PO(OR)2+RX va MixaelisBekker reaksiyasi: (RO)2PONa +R’X ^R’PO (OR)2+NaX va boshqa reaksiyalar misol boʻladi.

Fosfororganik birikmalar texnikada, qishloq xoʻjaligida, tibbiyotda, shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlarida qoʻllanadi. Fosfororganik pestitsidlar (insektitsidlar, akaritsidlar, defoliantlar, stimulyatorlar va h.k.) koʻplab ishlab chiqariladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari tomonidan Fosfororganik birikmalar asosida yangi murakkab oʻgʻitlar, defoliantlar va oʻstiruvchi moddalar sintez qilindi. Fosfat kislota bilan monoetanolamin suvdagi eritmasining oʻzaro kimyoviy taʼsiri natijasida olingan yangi modda etanolamin fosfat 2NH2C2H4OHH3PO4 stimulyatori shular jumlasidandir. Fosfororganik birikmalardan tibbiyotda, asosan, oftalmologiyala foydalaniladi. Biologik muhim fosfatlar, mas, adenozintrifosfatlar, kokarboksilaza, bir qator vitaminlar muhim ahamiyatga ega. Fosfororganik birikmalar kompleks hosil qiluvchi moddalar sifatida rudalarni boyitishda (uran va boshqa metallar ishlab chiqarishda) qoʻllanadi. Koʻpgina Fosfororganik birikmalar surkov moylariga qoʻshimchalar, plastmassalar va tolalarning olovbardosh komponentlarM (antipirenlar), erituvchilar, gidravlik suyukliklar va boshqa sifatida ishlatiladi. Fosfororganik birikmalardan organik sintezda ham keng foydalaniladi. Baʼzi kuchli zaharlovchi moddalar (mas, zarin, zoman, tabun, fosforiltioxolinlar) ham Fosfororganik birikmalarga mansub.

Zikrilla Isaboyev.