Fosfidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fosfidlar — fosforning metallar, shuningdek, fosforga nisbatan elektr musbat metallmaslar (V, Si, As va boshqalar) bilan boʻlgan birikmalari. Ishqrriy va ishqoriyer metallarning F.i suvda va suyultirilgan kislotalarda parchalanib fosfin ajratib chiqaradi. Ishqoriyer metallarning va mis guruhchasidagi metallarning Fosfidlar issiqqa chidamsiz; bu xil F. tarkibida nisbatan koʻproq fosfor tutganda yarimoʻtkazgich xossaga ega boʻladi. Oraliq metallar, lantanoid va aktinoidlar F.i kimyoviy barkaror, suv va suyultirilgan kislotalarda parchalanmaydi.

F. elementlardan 600—1200° da vakuum ostida sintezlash natijasida yoki inert gazlar atmosferada hosil boʻladi; fosfinga metallar va metallmaslar yoki ularning oksidlarini taʼsir ettirib olinadi va h.k. Galliy Ga, indiy In va boshqa metallarning F.i yarimoʻtkazgichlar, pyx F.i kemiruvchilarga qarshi zaharli dori sifatida qoʻllanadi. F. baʼzi rangli metallar krtishmalarining antifriksion xossalarini yaxshilash maqsadida ularning tarkibiga qoʻshiladi. Pirotexnikada signal vositasi sifatida ishlatiladi. FOSFIN, RN, — fosforning vodorod bilan birikmasi; sasigan baliq hidi keladigan rangsiz gaz; zichligi 1,55 g/l, suyuqlanishi trasi — 133°, qaynash trasi —87,8°. Qizdirilganda fosfor bilan vodorodga parchalanadi. Kimyoviy xossasi jihatidan ammiakka oʻxshaydi. Kuchli qaytaruvchi. 100° dan yuqori trada havoda yonadi. Kaltsiy fosfid Sa,R2 ga xlorid kislota NS1 taʼsir ettirib olinadi. Juda zaharli.

Oʻzoʻzidan alangalanadigan suyuq F. deb ataladigan difosfin R2N4 ning kaynash trasi 65°, —99° da qotadi. Kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Uzok, vaqt saqlansa, oʻzidan astasekin RN3 chiqarib sariq rangli qattiq F.— R]2N6 ga aylanadi. Qattiq F. suvda va organik erituvchilarda erimaydi.