Football Manager 2013
Football Manager 2013 (FM13) futbol boshqaruvi simulyatsiyasi oʻyini boʻlib, „Football Manager“ seriyasining bir qismi hisoblanadi. Oʻyin „Sports Interactive“ hamda Sega tomonidan Windows, Mac OS X va Linux uchun 2012-yil 2-noyabrda chiqarilgan.
O'yin anonsi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 6-sentabrda "Football Manager 2013" matbuotga "Sports Interactive"ning rasmiy Youtube kanalida matbuot anjumani videosi orqali rasman eʼlon qilingan. O'yinga 900 dan ortiq yangi xususiyatlar qo'shilishi tasdiqlanib, o'yinning yangi turi Football Manager Classic bo'lishi e'lon qilingan. O'yin 2012-yilgi Rojdestvo ta'tilidan oldin chiqarilishi aytilgan.
27-sentabr kuni Football Managerning Facebook’dagi rasmiy sahifasi oʻyin 2012-yil 2-noyabr yarim tunda butun dunyo boʻylab chiqarilishi haqida e’lon qilgan.
Reliz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beta versiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 18-oktabrda, chiqishi kutilayotgan sanasidan ikki hafta oldin, Steam orqali raqamli yuklab olish yoki tanlangan sotuvchilardan pochta orqali oʻyinga oldindan buyurtma bergan mijozlarga oʻyinning toʻliq oʻynaladigan beta-versiyasi taqdim etilgan. Beta-versiyadan ma'lumotlarni saqlash o'yinning yakuniy versiyasi bilan mos bo'lgan[1][2][3][4][5].
Yuklab olinadigan demo-versiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 26-oktabrda oʻyinning demo versiyasi Steam foydalanuvchilariga yuklab olish uchun taqdim qilingan bo'lib, unda o'yinchi o'yinda 6 oy o'ynashi mumkin bo'lgan. Beta-versiyada bo'lgani kabi, foydalanuvchilar ma'lumotlarni to'liq o'yinga o'tkazishlari mumkin hisoblangan.
Litsenziyalangan versiya buzilishidan so'ng, ishlab chiquvchilar o'yinning noqonuniy nusxasini yuklab olgan barcha foydalanuvchilarning IP-manzilini kuzatishgan. Hamda umumiy o'yinni 10 milliondan ortiq noqonuniy yuklab olishlar qayd etilgan. Yuklab olishlarning aksariyati Xitoydan kelgan, undan keyin Turkiya va Portugaliya ikkinchi va uchinchi o'rinlarda turgan. O'yinni noqonuniy yuklab olganlar orasida hatto Vatikandan kelgan o'yinchilar ham bo'lishgan. Ishlab chiquvchilar qaroqchilarning harakatlaridan ko'rilgan zararni 3,7 million dollarga baholashgan[6].
O'yin xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Football Manager Classic
[tahrir | manbasini tahrirlash]FM13 o'yinning "Football Manager Classic" deb nomlangan tezlashtirilgan versiyasini o'z ichiga oladi. Yangi rejim futbolchilarga futbol mavsumini oddiy oʻyin rejimiga qaraganda kamroq vaqt ichida yakunlash imkonini beradi. U 3D oʻyin mexanizmini va oʻyinchilar va klub xodimlarining maʼlumotlar bazasini saqlab qoladi, lekin klublarni boshqarish usullarini soddalashtiradi, bu esa oʻyinchilarga oʻyinning asosiy jihatlariga eʼtibor qaratish hamda har bir uchrashuvda muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi. O'yinchi taxminan 7 soatlik o'yin davomida mavsumni to'liq yakunlashi mumkin.
Testlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]O'yin bir qator yetakchi o'yin nashrlaridan, shu jumladan Metacritic - 86% a'lo bahosini olgan. Reytinglar bilan ushbu nashr tomonidan qayta ishlangan sharhlar orasida Guardian sharhi ham bor bo'lgan. Guardian nashriga ko'ra o'yin 100% (agregator tarixida birinchi marta) eng yuqori reytingga loyiq ko'rilgan.
Sharhlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil may holatiga ko'ra, o'yin AQSh va Yevropada 940 000 000 dan ortiq nusxada sotilgan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Football Manager 2013 Announcement "Press Conference" - YouTube“. 2012-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ Stuart, Keith „Football Manager 2013 announced with Classic mode for lapsed fans“. guardian.co.uk. The Guardian. 2013-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ Purchese, Robert „Football Manager 2013 interview: acres of new information about that Classic mode“. Eurogamer.net. Eurogamer. 2013-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ Schilling, Chris „Football Manager 2013: Miles Jacobson interview“. PCGamer.com. PC Gamer. 2013-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ Cook, Dave „Football Manager interview: addiction returns“. VG247.com. VG247. 2013-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Football Manager 13 illegally downloaded over 10m times“. Eurogamer.net (2013-yil 14-noyabr). 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
- ↑ Purchese, Robert „Aliens: Colonial Marines managed 1.31 million sales“. Eurogamer. Gamer Network (2013-yil 10-may). 2013-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-may.