Florensiya universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Florensiya universiteti - Italiya va Yevropadagi qadimgi untlardan biri. 1321 yil Florensiya respublikasi mablagʻi hisobiga tashkil etilgan. 1472 yil universitet Piza shahriga koʻchirildi. Florensiyada filol., falsafa, teologiya kafedralari qoldi; keyinchalik bu yerda mat., astronomiya, fizika, zool., botanika, mineralogiya kafedralari tuzildi. Florensiya universitetida mashhur italyan olimlari A. Politsiano, L. Pacholi, A. Chezalpino, E. Torrichelli, F. Redi dare bergan. G. Galiley "untning birinchi matematigi" unvoniga sazovor boʻlgan. 1859 yil universitet Oliy amaliy tadqiqotlar va takomillashtirish institutiga aylantirilgan; 1924 yildan yana Florensiya universiteti Unt yuridik, siyosiy, texnika, tabiiy fanlar, iqtisodiyot va tijorat, adabiyot va falsafa, ped., tibbiyot, meʼmorlik, qishloq xoʻjaligi va oʻrmonchilik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Markaziy milliy kutubxona (1747 yil tashkil etilgan, 4 mln.dan ortiq asar) va Maruchelli kutubxonasi (1752 yil asos solingan, 0,5 mln.ga yaqin qad. qoʻlyozma va nashrlar)ni birlashtirgan kutubxonasi bor. 40 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.