Florence Nightingale effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Florence Nightingale effekti — bu oʻzi gʻamxoʻrlik qilayotgan bemorni sevib qolish holati bilan bogʻliq psixologik termin. Bemorga gʻamxoʻrlik qilish kerak boʻlmaganidan keyin his-tuygʻular yoʻqolishi mumkin.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Effekt XIX asrning ikkinchi yarmida hamshiralik qilgan Florence Nightingale sharafiga nomlangan. Uning bemorlarga boʻlgan gʻamxoʻrligi shifoxonalarning bemorlarga munosabatini butunlay oʻzgartirib yuboradi. Koʻpchilik Nightingaleni zamonaviy hamshiralik ishi asoschisi deb biladi. Uning bemorlaridan birini sevib qolgani haqida esa hech qanday aniq maʼlumot mavjud emas. Darhaqiqat, koʻplab daʼvogarlar boʻlishiga qaramay, u hech qachon turmushga chiqmagan. Chunki bu uning hamshiralik faoliyatida xalaqit berishi mumkin deb oʻylagan. Albert Finney 1982-yilda bergan intervyusida bu effektni „Florence Nightingale sindromi“ deb atagan[1]. Ushbu ibora avvalroq oʻz sohasida moddiy boʻlmagan mukofotlarga intilayotgan tibbiyot xodimlariga nisbatan ham ishlatilgan[2].

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Kelajakka qaytish" filmida Dr. Emmett Brown Martyning onasi Lotaringiya uning turmush oʻrtogʻini avtomobilda urib ketgan odamga bir kecha-kunduz gʻamxoʻrlik qilganini tushuntirish maqsadida bu effektga ishora qiladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Judy Bachrach. „Albert Finney“. People (1982-yil 21-iyun). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-noyabr.
  2. David Woods (October 19, 1974). "Unions moving into MD offices and clinics". Canadian Medical Association Journal 111 (8): 862–4, 874. PMID 4422568. PMC 1947902. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1947902. 
  3. Buhnemann. „‘Back to the Future’ and the ‘Florence Nightingale Effect’“ (en-US). Florence Nightingale Museum London. Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.