Fleksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fleksiya (lot. fl exio — egilish, bukilish; bukik) — soʻz oʻzgarishlarida namoyon boʻladigan grammatik kategoriyalar majmui koʻrsatkichi; shunday koʻrsatkichlardan foydalanadigan soʻz oʻzgarishi tizimining oʻzi. F.da qoʻshimchalar qoʻshilishi yoki oʻzakdagi baʼzi tovushlarning oʻrin almashinishi natijasida soʻzlar dastlabki shaklini yoʻqotadi yoki oʻzgartiradi. Ichki vatashqi F. farklanadi. Ichki F. soʻz uzgartirishning shunday usuliki, unda suz shakllari asos tarkibidagi tovushlarning oʻzgarishi orqali hosil qilinadi. mas, arab tilidagi "kataba" (u yezdi) suz shakli ktb uzagiga hamda grammatik maʼno ifodalovchi aaa unlilariga (harf sifatida emas, diakritik belgi bilan koʻrsatiladigan qisqa unlilarga) ajratiladi [qiyoslang: "kutiba" — yozilgan (uia) "maktaba" — kutubxona, kitob doʻkoni (yana aaa)]. Koʻrinadiki, ichki F. nafaqat grammatik shakllarning hosil boʻlishiga, hatto suz yasalishiga xizmat qiladi. Tashqi F. sintetik affikslardan foydalanuvchi soʻz oʻzgarishi (mas, rus tilidagi pole, polya, poley va shahrik. (qarang Sintetik tillar). Morfologiyasida asosan F.dan foydalanuvchi tillar flektiv tillar deb ataladi.