Fiziokratlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fiziokratlar (frans. physiocrates; lot. physis — tabiat va kratos — hokimiyat) — 18-asrning 2yarmida Fransiyada paydo boʻlgan iqtisodiy tafakkur maktabi. Merkantsh1izmga qarshi qarashlar sifatida yuzaga kelgan. Asoschisi F.Kene. Uning oʻquvchilari V.R.Mirabo (1715 — 89), P.S.Dyupon de Nemur (17391817), A.R.Tyurgo (172781) va boshqalar F.ning asosiy vakillari hisoblanadi. F. boylikning manbai savdo emas, balki tabiat bilan bogʻliq boʻlgan mehnat, ishlab chiqarish (asosan, qishloq xoʻjaligi soqasida) va millatning haqiqiy farovonligi yer bilan bogʻliq degan qarashlarni targʻib etganlar. F.V.Petti kabi siyosiy iqtisodda tabiiy fanlar uslubiga amal qilganlar. F. jamiyatga "tabiiy" jarayon sifatida qarashgan va uning rivoji "tabiiy tartib" qonunlari asosida roʻy beradi, deb izohlashgan. F. qarashlarida iqtisodiy kategoriyalarning obʼyektivligi tan olinadi, paydo boʻlayotgan va tobora mustahkamlanayotgan daxlsiz xususiy mulk, iqtisodiyotnint erkin raqobat asosida rivojlanishi, bozor narxlarining erkin oʻzgarishi, iqtisodiyotga davlat aralashuvini inkor etadigan jarayonlar, boylikning adolatli taqsimlanishi qoʻllabquvvatlanadi. F.ning iqtisodiy tizimida "sof mahsulot" toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinni egallaydi va u ishlab chiqarish chiqimlari qoplangandan keyin qoladigan mahsulot yoki daromaddir. "Sof mahsulot" (yer rentasi) faqat qishloq xoʻjaligiDa yaratiladi, uni yaratuvchi mehnat unumli, yaʼni qoʻshimcha qiymatni yaratadi. Oʻsha davrdagi jamiyatni F. 3 sinfga boʻladilar: "sof mahsulot" yaratuvchi, ishlab chiqaruvchi ("unumli") sinf — fermerlar; mulkdorlar (albatta yer mulkdorlari) va sof mahsulot yaratmaydigan "unumsiz" sinf — hunarmandlar, ishchilar va boshqa shahar axolisi (dehqonchilikdan boshqa soha vakillari, sanoatchilar deb ham ataladi). F.ning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilardan boʻlib kapital tahlilini boshlab berdilar, kapitalni "avans" (boʻnak) deb nomlab, uni "yillik avans" (aylanma kapital) va "dastlabki avans" (asosiy kapital) kabi tarkibiy qismlarga ajratdilar. F.da pul kapitali tushunchasi boʻlmagan, pul birorta avans turiga kiritilmagan. F. taʼkidlashicha, pul oʻz holicha "unumsiz" boʻlib, pulning faqat bir funksiyasi — muomala vositasigina tan olinadi. F., xususan, F. Kene "Iqtisodiy jadval" ("Iqtisodiy manzara") asarida fanda birinchi boʻlib takror ishlab chiqarishning iqtisodiy nazariyasini yaratishga harakat qildi va uni jadval va chizmalar shaklida ifodaladi. F. iqtisodiy siyosat sohasida savdo erkinligini (birinchi navbatda qishloq xoʻjaligi maxsulotlari savdosida), davlatning iqtisodiyotga faol aralashmasligini, oʻsha davrda mavjud boʻlgan koʻpdan koʻp soliklar oʻrniga yagona yer soligʻi joriy etilishini yoklaganlar. F. gʻoyalari iqtisodiy tafakkur tarixida boʻlajak iqtisodiy modellarning muhim kurtagi boʻlib qoldi (yana q. Klassik siyosiy shtisod maktablari).

Adabiyot[tahrir]

  • Kene F., Izbr. ekonomicheskiye proizvedeniya (per. s frans.), M., 1960; Razzoqo v A. va boshqa, Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 2002.

Abdumalik Razzoqov.