Fitomelioratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fitomelioratsiya (fito... va melioratsiya) — ekinlar ekish va koʻchat oʻtqazish yoʻli bilan yerni yaxshilash va unumdorligini oshirish. F.dan koʻpincha koʻchma qumlarni mustaqkamlash (toʻsish) va qumlikda daraxtzorbutazorlar barpo etish, yaylovlarni yaxshilash va yuvilgan togʻ yonbagʻirlarini, daryolar yoyilmalarini, shoʻrlangan yerlarni, grunt suvlari yer yuziga yaqin yotgan maydonlarni oʻzlashtirish, shuningdek, dalalarni qurgʻoqchilik, kuchli shamollardan muhofaza qilish maqsadlarida dala ihota urmonzorlari barpo etishda foydalaniladi (yana q. Agrooʻrmon melioratsiyasi).