Agrooʻrmon melioratsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Agrooʻrmon melioratsiyasi – tuproqning meliorativ holatini va iqlim sharoitini daraxt ekish yo‘li bilan yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori hosil olishga salbiy ta’sir qiluvchi qurg‘oqchilik, garmsel, shuproq eroziyasi, qum ko‘chishlari kabi tabiat hodisalariga qarshi amalga oshiriladi. Agrooʻrmon melioratsiyasi agrotexnik, gidrotexnik, kimyoviy va qishloq xoʻjaligi melioratsiyasining boshqa turlari bilan birga yerlarni tubdan yaxshilashga xizmat qiladi hamda ularning tabiiy sharoitlariga uzoq muddat ta’sir ko‘rsatadi.O‘zbekistonda birinchi marta tog‘ yon bag‘irlarida selga qarshi daraxtzorlar barpo qilishni 1880 yilda N. I. Korolkov Samarqand yaqinida (Omonqo‘ton), 1889 yilda S. Yu. Rauner Toshkent yaqinida (Oqtosh) boshlagan edilar. Agrooʻrmon melioratsiyasi ayniqsa, yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar (Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li, Markaziy Farg‘ona)da keng rivoj topdi.O‘zbekiston hududining yirik uch tabiiy zonasida – vodiylarda (ihota, kanal bo‘ylari, yo‘l yoqalaridagi daraxt-zorlar), tog‘larda (suv eroziyasi va selning oldini olish maqsadida tog‘lar yon bag‘rini o‘rmonga aylantirish) va qumli cho‘llarda (aholi punktlarini va ekin-zorlarni qum ko‘chishidan himoya qilish, yaylovlar unumini oshirish maqsadida daraxt va butalar ekish va sh.k.) ekma o‘rmonzorlar yaratilmoqda (qarang Ihota o‘rmonzorlari). Hamma katta sug‘orish ka-nallari (Janubiy Mirzacho‘l, Katta Farg‘ona, Qarshi, Amu-Buxoro va hokazo) bo‘ylab, shuningdek, suv omborlari atrofida da-raxtzorlar barpo qilingan.O‘zbekistonda qumliklarni o‘zlashtirish ishlari 30 – 40-yillarda boshlangan. Ko‘chma qumlarni fitome-lioratsiya bilan mustahkamlash usullari ishlab chiqildi. Shu yo‘l bilan Buxoro vohasining cho‘lga tutash yerlarini qum bosishdan saqlash uchun Qizilqum etaklarida uz. 120 km bo‘lgan "Buxoro to‘sig‘i" deb ataluvchi daraxtzor mintaqasi bar-po etildi. Kumloq yerlarni kompleks o‘zlashtirishda turli texnologik usullar (mas, fitomelioratsiya, qumlarni maxsus kimyoviy moddalar bilan mustahkamlash va hokazo) keng qo‘llaniladi. Orol dengizining qurigan qismidagi qumliklarni mustahkamlashda Agrooʻrmon melioratsiyasi usullaridan keng 171foydalanilmoqda. Har yili 10–12 ming ga maydonlarda o‘rmonzorlar bar-po etilmoqda. Ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar 70 mingga (1997). Agrooʻrmon melioratsiyasi sohasidagi tadqiqotlar O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti (1948) da, Toshkent agrar universitetining o‘rmonshunoslik kafedrasida, qishloq xoʻjaligi taj-riba stansiyalarida olib boriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Qayimov, Abduxalil. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil