Kontent qismiga oʻtish

Apofeoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Apofeoz (yun. apotheosis — ilohiylashtirish) — 1) biror bir shaxs yoki voqeani sharaflash; 2) tantanali yakun; 3) xalqni, qahramonni yoki biror voqeani sharaflaydigan spektakl, bayram konsert dasturi yoki sirk tomoshasining odatda yakunlovchi, tantanali ommaviy sahnasi: „Gulsara“ operasi (R. Glier va T. Sodiqov)ning yakunlovchi qismi. A. tomosha, bayram namoyishining mustaqil qismi sifatida (matneiz) boʻlishi ham mumkin. Bu turdagi A.lar ishtirokchilarning taʼsirli holatlari („jonli lavha“, „soʻzsiz sahna“) asosida quriladi. Bunda dekoratsiya, kiyim, butaforiya va boshqalar katta ahamiyatga molik. Hozir har yilgi Oʻzbekiston mustaqilligiga bagʻishlangan konsertlarda A.ning turli koʻrinishlaridan foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil