Fillofora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fillofora (Fhyllophora) — floridsimon suvoʻtlar turkumi. Tanasining balandligi 50 sm gacha, shoxlari yassi. Ayrim turlarining sporofitlari kichikroq oʻsimta shaklida, gametofit ustida hosil boʻladi. 15 ga yaqin turi bor, sovuq va iliq suvli dengizlarda tarqalgan. Agarsimon modda — filloforan olishda foydalaniladi.