Fibrinogen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fibrinogen (fibrin va ... gen) — qon plazmasining globulinlar guruhiga kiruvchi eriydigan oqsili. Trombin taʼsirida fibringa aylanib, qonni ivitadi (qarang Qon ivishi). Jigarning parenxematoz hujayralarida hosil boʻladi. Sogʻlom odam qon plazmasidagi F. miqdori 300–500 mg%. F. turli operatsiyalarda, gemofiliya va boshqa kasalliklarda qon oqishini toʻxtatish uchun ishlatiladi. Lab. tadqiqotlarida F. preparatlaridan foydalaniladi. Odam qonidan olingan F. klinikada ishlatiladi.