Qon ivishi

Qon ivishi — suyuq qonning yumshoq quyqum (laxta)ga aylanishi; odam va hayvon organizmining qon yoʻqotishga qarshi fiziologik himoya reaksiyasi. Qon tomir zararlanib, qon oqqanda qon plazmasida erigan fibrinogen oqsilning erimaydigan fibrin holiga aylanishi va bu tolalar qonning shaklli elementlari (trom-botsitlar) bilan oʻralashib quyqum hosil boʻlishi natijasida vujudga keladi va u tomirning shikastlangan joyini toʻsib qoʻyadi.
Qon ivishi murakkab fermentativ jarayon boʻlib, u bosqichma-bosqich (3 fazada) kechadi. Qon ivishi qon ivishi fak-torlari (qarangI.F.) — qon plazmasining qator oqsillari va Sa2+ionlari ishtirokida amalga oshadi. Asosiy Q.I.F. 13 ta boʻlib, ular rim raqamlari bilan belgilanadi. Bu faktorlarning bir nechtasi qonning shaklli elementlari tarkibida boʻladi.
Qon ivishining asosiy reaksiyalari quyidagilar: faol tromboplastin hosil boʻlishi; protrombin trombinga aylanishi; fibrinogen fibringa aylanishi; fibrinning stabilizatsiyasi.
Normada odam qoni tomirdan chiqqach, 5—12 min.da iviydi. Ayrim patologik holatlarda Qon ivishi sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin, bu trombozlarga olib keladi.
Tibbiyotda qon ivishini susaytiruvchi (antikoagulyantlar), kuchaytiruvchi va barqarorlashtiruvchi vositalardan keng foydalaniladi[1].
Qon ivish faktorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻqima suyuqligi va qon tarkibida oqsil tabiatli moddalar boʻlib, ularning ketma-ket aktivlanishi koagulatsiya jarayonini tashkil qiladi. Bu moddalar qon ivish faktorlari deyiladi va rim raqamlari bilan belgilanadi[2]:
| Raqami yoki nomi | Funksiyasi | Faktorga bogʻliq genetik kasallik |
|---|---|---|
| Faktor I (Fibrinogen) | Fibrin toʻrini shakllantirish | oilaviy buyrak amiloidozi |
| Faktor II (protrombin) | trombotsitlarni hamda I, V, VII, VIII, XI, XIII faktorlarni aktivlash | Protrombin G20210A, Trombofiliya |
| Faktor III (toʻqima faktori, toʻqima protrombini) | VIIa omilning kofaktori | |
| Faktor IV (kalsiy ioni) | faktorlarning aktivlanishi, fosfolipidlar bilan bogʻlanishi | |
| Faktor V (proakselerin, labil faktor, Ac-globulin) | X omilning kofaktori | |
| Factor VI | Va omilning eski nomi | |
| Factor VII (stabil faktor, prokonvertin, plazma protrombini (SPCA)) | IX, X faktorlarni aktivlaydi | Tugʻma VII omil yetishmovchiligi |
| Factor VIII (antigemofil omil A, antigemofil faktor (AHF), antigemofil globulin (AHG)) | IX faktorning kofaktori | gemofilia A |
| Factor IX (antigemofil omil B, Kristmas omili,) | X faktorni aktivlaydi | gemofilia B |
| Factor X (Stuart-Prouyer omili) | II omilni aktivlaydi, V omil bilan protrombinaza kompleksini hosil qiladi. | tugʻma X omil yetishmovchiligi |
| Factor XI (antigemofil omil C) | IX omilni aktivlaydi | gemofilia C |
| Factor XII (Xageman omili) | XI, VII omillar, prekallikrin va plazminogenni aktivlaydi | irsiy angiodema |
| Factor XIII (fibrinni stabillovchi omil) | fibrin toʻri hosil qilish | tugʻma XIIIa/b yetishmovchiligi |
| von Willebrand omili | VIII omilga bogʻlanib, trombotsitlar adgeziyasini aktivlaydi | von Willebrand kasalligi |
| Prekallikrin (Fletcher omili) | XII omil va prekallikrinni aktivlaydi | Prekallikrin/Fletcher kasalligi |
| Kallikrin | Plazminogenni aktivlaydi | |
| Yuqori molekular kininogen (HMWK) (Fitzjerald omili) | XII, XI omillar va prekallikrinlarni aktivlaydi | Kininogen yetishmovchiligi |
| Fibronektin | hujayra adgeziyasini stimullaydi | Glomerulopatiya |
| Antitrombin III | IIa, Xa, IXa, XIa va XIIa omillarini ingibirlaydi | Antitrombin III yetishmovchiligi |
| Geparin kofaktori II | IIa omilni ingibirlaydi | Geparin kofactor II yetishmovchiligi |
| Protein C | Va and VIIIa omillarni ingibirlaydi | Protein C yetishmovchiligi |
| Protein S | protein C ni aktivlaydi | Protein S yetishmovchiligi |
| Protein Z | trombin adgeziyasini stimullaydi | Protein Z yetishmovchiligi |
| Protein Z proteaza ingibitori (ZPI) | X omilni kamaytiradi | |
| Plazminogen | plazminni hosil qiladi | plazminogen yetishmovchiligi |
| α2-Antiplazmin | plazminni ingibirlaydi | Antiplazmin yetishmovchiligi |
| α2-Makroglobulin | plazmin, kallikrin va trombinni ingibirlaydi | |
| Toʻqima plazminogen aktivatori (tPA) | plazminogenni aktivlaydi | oilaviy giperfibrinoliz |
| Urokinaza | plazminogenni aktivlaydi | |
| Plazminogen aktivatorining ingibitori-1 (PAI-1) | tPA va urokinazani ingibirlaydi (endotelial PAI) | |
| Plazminogen aktivatorining ingibitori-2 (PAI-2) | tPA va urokinazani ingibirlaydi (endotelial PAI) | |
| Oʻsma prokoagulyanti |
- Faktor I (fibrinogen)
- Faktor II (protrombin)
- Faktor III (toʻqima tromboplastini) — toʻqima faktori
- Faktor IV (kalsiy-Ca)
- Faktor V (labil faktor yoki proakselerin yoki akselerator globulin)
- Faktor VI (mavjud emas)
- Faktor VII (stabil faktor yoki prokonvertin)
- Faktor VIII (antigemofil faktor-A = AHF yoki antigemofilik globulin=AHG)
- Faktor IX (Kristmas faktori yoki antigemofil faktor-B)
- Faktor X (Stuart Prauyer faktori)
- Faktor XI (plazma tromboplastini oʻtmishdoshi yaʼni antigemofilik faktor-C)
- Faktor XII (Xageman faktori yoki kontakt faktor)
- Faktor XIII (fibrin-stabillovchi faktor yoki fibrinaza yoki Laki-Lorand faktori)
- HMW-K (yuqori molekular ogʻirlikdagi kininogen yoki Fitzjerald faktori)
- Pre-Ka (Prekallikrein yoki Fletcher faktori)
- Ka (Kallikrein)
- PL (trombotsit fosfolipidlari)
Faktor I
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda globulinda eruvchi oqsil, molekular ogʻirligi 340 000 Da va jigarda sintezlanadi. Unda 6 polipeptid zanjir boʻlib, plazmadagi konsentratsiyasi 0,3g/dL. Trombin taʼsirida fibrinogen fibringa aylanadi[2].
Faktor II
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faktor II (protrombin) trombinning inaktiv prekursori
Faktor III
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faktor III (tromboplastin) — toʻqima faktori yoki toʻqima tromboplastinlari deyiladi. Protrombin aktivatori shakllanishi tashqi yoʻlida ajraladi.
Faktor IV
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faktor IV (kalsiy) — Koagulatsiya uchun asosiy element.
Faktor V
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faktor V (labil foktor) — U shuningdek, proakselerin deyiladi. Oqsil tabiatli bu modda protrombin aktivatori hosil boʻlishi va protrombinning trombinga aylanishida qatnashadi. V omil qon ivish vaqtida sarflanadi, shuning uchun qon zardobida boʻlmaydi. Uning tugʻma yetishmovchiligi gemofiliyaga sabab boʻlishi mumkin[2].
Faktor VII
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faktor VII (stabl faktor yoki autoprotrombin-1) Bu faktor jigarda vitamin K yordamida sintezlanadi. U tashqi yoʻldan X faktor aktivlanishi uchun zarur hisoblanadi. Bu omil qon ivish vaqtida sarflanmaydi, shuning uchun plazmada topiladi. VII faktor yetishmovchiligi kamdan-kam hollarda uchraydi, ammo tez-tez kumarin kabi antikoagulant dorilar berish, dozani oshirish qon ketishlarga sabab boʻlishi mumkin.
Faktor VIII
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faktor VIII (antigemofilik globulin) — jigarda sintezlanadigan betta-2 globulin oqsili hisoblanadi. U X faktor aktivlanishi uchun zarur, shuningdek, protrombin aktivatorining ichki yoʻldan aktivlanishini taʼminlaydi. U qon ivishida sarflanadi, shuning uchun qonda topilmaydi. Uning nasliy yetishmovchiligi klassik gemofiliya (gemofiliya A). Agar kasallik meros qilib olinsa qon ivish vaqti oshib ketadi.
Faktor IX
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faktor IX (Kristmas faktor) — tromboplastik komponent (PTC) yoki autoprotrombin 2 deyiladi. U K vitaminiga bogʻliq holda jigarda sintezlanadi. U Ca ishtirokida aktiv faktor XI yordamida faollashadi va ichki yoʻldan protrombin aktivatori shakllanishi uchun zarur. Uning nasliy yetishmovchiligi yoki yoʻqligi gemofiliya B ga sabab boʻladi va gemofiliya A ga oʻxshaydi. Bu kasallik dastlab Kristmas degan bemorda aniqlanganligi sabab Kristmas faktori deb nomlangan.
Faktor X
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faktor X (Stuart-prauyer omili) Bu faktor jigarda sintezlanadigan va qonda mavjud omil hisoblanadi. Aktivlangan X faktor aktiv V faktor, Ca va fosfolipidlar bilan birgalikda kompleks hosil qiladi va bu protrombin aktivatori deyiladi.
Faktor XI
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faktor XI (plazma tromboplastin) U aktiv XII faktor yordamida aktivlanadi. Bu faktor Ca ishtirokida IX faktor aktivlanishi uchun zarur hisoblanadi. Uning yetishmovchiligi gemorragik holatni keltirib chiqaradi.
Faktor XII
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faktor XII (Xageman omili) XII faktor manfiy zaryadlangan yuzalar, dagʻal yuzalar bilan bogʻlanib XIIa faktorga aylanadi. Uning qondagi aktivlanishi XI omil aktivlanishi orqali ichki yoʻlni boshlaydi. Aktivlangan XII faktor shuningdek, prekallikreinni kallikringa aylanishini aktivlaydi. XII faktor yetishmovchiligida qon juda sekin iviydi ammo gemorragik holat boʻlmaydi.
Faktor XIII
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faktor XIII (fibrin stabillashtiruvchi faktor) Bu plazma oqsili Ca ishtirokida fibrin polimerining stabillashishi uchun zarur hisoblanadi. Hmw-k (yuqori molekular ogʻirlikdagi kininogen) XII faktor aktivlangan joyga prekallikrein va XI faktor jalb qilinishi uchun javobgar. HMW-K XII faktor kabi manfiy zaryadlangan yuzaga tortilishi mumkin.
Prekallikrein va kallikrein
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prekallikrein XIIa orqali kallikreinga aylanadi. Aynan shu jarayon qaytar teskari mexanizmda boradi:
Trombotsit fosfolipidlari (PPL)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Trombotsit fosfolipidlarini belgilash uchun arab raqamlaridan foydalaniladi. Ulardan eng muhimlari trombotsitar faktor-3 (PF-3) va trombotsitar faktor-4 (PF-4) hisoblanadi. Qon ivishi quyidagi holatlarda boshlanadi[3]:
- qon tomir devori va unga yaqin toqʻimalar shikaslanishi
- qon travmalari
- qonning shikastlangan endoteliy yoki kollagen bilan aloqasi
Koagulatsion ketma — ketlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shikastlangan qon tomir
- Trombositlar adgeziyasi va agregatsiyasi (birlamchi gemostaz)
- Fibrin va fibrinli laxta hosil boʻlishi
- Laxtak retraksiyasi va reparatsiyasi
Koagulyatsiya jarayoni kaskad reaksiyalaridan tuzilgan boʻlib, unda bir omilning faollashishi boshqa omil faollashishiga olib keladi. Bu kaskad reaksiyasi shuningdek, shalola (sharshhara) ketma-ketligi deyiladi. Koagulatsiya jarayonini (fibrin shakllanishi) 3ta asosiy bosqichga boʻlish mumkin[2].
- Protrombin aktivatorining hosil boʻlishi
- Protrombinning trombinga aylanishi
- Fibrinogenning fibringa aylanishi
Protrombin aktivatorining shakllanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koagulatsiya jarayoni protrombin aktivatori deb ataluvchi kompleks hosil qilish bilan boshlanadi. Uning hosil boʻlishi farqli ravishda ikki yoʻldan borishi mumkin:

- Tashqi yoʻl
- Ichki yoʻl
Tashqi yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Protrombin aktivatorining tashqi yoʻldan shakllanishi qon tomir devori yoki qon tomir tashqaridagi toʻqima shikastlanishi bilan boshlanadi va quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi[4]:
- Toʻqima tromboplastinining ajralishi: travma natijasida toʻqimadan bir qancha moddalar ajraladi, ular orasida biz bilgan toʻqima tromboplastini ham mavjud. (Faktor III). Bu toʻqima hujayralari membranasidagi fosfolipidlardan va lipoproteinlardan iborat.
- Aktivlangan X faktor hosil boʻlishi: toʻqima tromboplastini VII faktor bilan birgalikda kombinatsiya hosil qiladi, bu kompleks Ca2+ ishtirokida X omilni aktivlab, aktivlangan X (Xa) omilni hosil qiladi.
- Aktivlangan X omil (Xa)ning protrombin aktivatori hosil boʻlishiga taʼsiri: Xa faktor — toʻqima yoki trombotsit fosfolipidlari, V faktor (labil faktor) va Ca2+ bilan birgalikda protrombin aktivatori deyiladigan kompleksni hosil qiladi.
Qon koagulatsiyasida Ca ning roli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qon koagulatsiya mexanizmlarini oʻrganishdan maʼlum boʻldiki, ichki yoʻlning dastlabgi ikki bosqichidan tashqari barcha reaksiyalarni kuchaytirish uchun Ca2+ ionlari talab qilinadi. Shu sababli, Ca2+ ionlari boʻlmagan taqdirda qon ivishi boʻlmaydi. Shunday qilib Ca2+ ionlarini chiqarib tashlash orqali qon ivishi „in vitro“ usulida uzib qoʻyilishi mumkin. Oksalat va sitratlardan „in vitro“ antikoagulyant sifatida foydalanish aynan shunga asoslangan. Ammo, „in vivo“dagi gipokalsemiya (m: D vitamin yetishmasligi yoki gipoparatireodizm) qon ketishiga sabab boʻlmaydi[2].
K vitamini
[tahrir | manbasini tahrirlash]K vitamini naftokuinon kompleksidan kelib chiqadi. Tabiiy K-vitaminining 2 ta fraksiyasi mavjud. U yogʻda eruvchan tabiatga ega. Shuning uchun, oral yoki intramuskular yuboriladi. Ammo, intravenoz qoʻllash uchun uni maxsus, juda mayda emulsiya holatiga keltirib tayyorlash kerak. K vitamini ovqat tarkibidan olinishi, shuningdek, ichakdagi bakterial flora orqali sintezlanishi mumkin[3].
K vitamini yashil sabzavotlar, don mahsulotlari va hayvon toʻqimalarida koʻproq uchraydi.Odam ichagida uchrovchi normal mikroflora (m: E.coli) tomonidan sintezlanishi mumkin. Odamdagi bakterial mikroflora organizm ehtiyojlari uchun yetarli K-vitaminini sintezlay oladi, shu sabab K-vitamini defitsiti hollari kam hollarda ovqatlanishga bogʻliq boʻladi. Ovqat orqali qaʼbul qilingan va sintezlangan vit-K ichaklar orqali soʻriladi va jigarda zahiralanadi. Uning ingichka ichak orqali soʻrilishi faqat oʻt tuzlari boʻlganda sodir boʻladi. Jigarda quyidagi faktorlar K-vitaminiga bogʻliq holda sintezlanadi:
- Protrombin
- VII, IX va X faktorlar
- Sirkulatsiyadagi antikoagulant oqsil (protein C)
K vitamini yetishmovchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]K vitamini yetishmovchiligi hollarida protrombin yetishmovchiligi, qon ivish vaqti uzayishi va jiddiy gemorragiyalar kuzatilishi mumkin. Sabablari: yuqorida aytilganidek ovqat tarkibida yetishmovchiligiga deyarli bogʻliq emas, demak, K-vitamin yetishmovchiligi quyidagi klinik hollarda kuzatiladi: 1. Mexanik sariqlik hollarida (sabab oʻt ichakka yetib bormaganligi uchun vit-K ning absorbsiyasi buziladi). 2. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ham vit-K yetishmovchiligi kuzatiladi (sabab, ichak normal mikroflorasi hali yetarli darajada shakllanmagan boʻladi. Shu sababli, yangi tugʻilgan chaqaloqlarga K vitaminini muntazam berish tavsiya etiladi). 3. Surunkali diareyada: Bu holatda anormal mikroflora hisobiga vit-K sintezida buzilish va/yoki absorbsiyasidagi yetishmovchilik sabab boʻlishi mumkin. Bu holat yogʻlar absorbsiyasidagi defekt tufayli ham boʻlishi mumkin. (sprueda) 4. Antibiotiklar zararli taʼsiri hisobiga. Sabab esa antibiotiklar (asosan, keng spektrga ega sefalosparinlar) normal mikroflorani ham nobut qilishidir[2].
Jigarning ahamiyati[2]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koagulatsiya mexanizmida jigar quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
- Prokoagulantlar sintezi: V, VII, IX, X faktorlar, protrombin va fibrinogen sintezlanadi.
- Aktivlangan prokoagulantlarni olib tashlash. Jigar shuningdek, aktivlangan prokoagulantlarni qondan olib tashlaydi.
- Antikoagulantlar sintezi: Jigar shunindek, geparin, antitrombin III va C-oqsil kabi antikoagulantlarni sintezlaydi.
Jigar yetishmovchiligi (gepatit, sirroz) qon ivishida yetishmovchiliklarga, shuningdek, tomir ichida nazoratsiz qon ivishlariga olib kelishi mumkin.
Qon tomir ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qon koagulatsiyasi va gemostaz mexanizmlarida qon tomirlarining endoteliysi, subendotelial toʻqima va silliq mushaklari muhim vazifalarni bajaradi. Endoteliy bir vaqtning oʻzida antikoagulatsion va koagulatsion rol oʻynaydi:
Endoteliyning antikoagulatsion rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Endoteliy subendotelial toʻqima va qon orasida bariyer hisoblanadi. U ishlab chiqargan geparin va a2-makroglobulin koagulatsiyani ingibirlab turadi, jarohatlanmagan endoteliyning silliqligi trombotsitlar agregatsiyasini oldini oladi. Endoteliy hujayralari PGI2 (prostaglandin) ishlab chiqaradi, u trombotsitlar agregatsiyasini ingibirlaydi.
Endoteliyning koagulatsion rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Endoteliy Von Willebrand faktorini (VWF) sintezlaydi. Plazma VWF i (tomir jarohatlangandan keyin) trombotsitlar va subendoteliy oʻrtasida koʻprik vazifasini bajaradi va shu bilan trombotsitlar agregatsiyasi va gemostazni boshlaydi. Jarohatdan keyin, toʻqima faktori endoteliydan ajralib chiqadi. TF qon ivishining tashqi yoʻli mexanizmlarini boshlab beradi. Plazminogenni plazminga aylantiradigan plazminogen aktivatori ham endoteliy hujayralari tomonidan ajraladi[5].
Subendotelial toʻqima
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosan, kollagen tolalaridan tuzilgan subendotelial toʻqima koagulatsiyada quyidagi vazifalarni bajaradi: trombotsitlar agregatsiyasi — qon subendotelial toʻqima kollagenlari bilan aloqa qilganda boshlanadi. Aynan, qon subendotelial kollagenlar bilan aloqa qilganda, XII faktor aktivlanadi va ichki koagulatsiya mexanizmlari boshlanadi.
Vaskular silliq mushaklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tomir devorining silliq mushaklari koagulatsiyada (vazokonstriksiya bilan) muhim rol oʻynaydi. Vazokonstriksiya silliq mushaklar jarohati bilan boshlanadi va trombotsitlar chiqaradigan serotonin, prostaglandin hamda noradrenalin kabilar tomonidan davom etadi (yengillashadi).
Antikoagulyant mexanizm
[tahrir | manbasini tahrirlash]Normada harakatdagi qon suyuq holatda boʻlib, normada qon ivishiga yoʻl qoʻymaydigan faktorlar:
- Qon aylanish tezligi: yurak nasos kabi qonni tomirlar ichida harakatlanishini taʼminlaydi, bu esa qonning suyuq boʻlishiga yordam beradi. Agar qandaydir sharoit sababli qon aylanish tezligi susaysa, intravaskular qon ivishiga sabab boʻlishi mumkin.
- Endoteliyning yuza effekti: endoteliyning silliq yuzasi trombotsitlar adgeziyasini ingibirlaydi va shu yoʻl bilan ichki mexanizmlarni oldini oladi. Endoteliy ichki yuzasida joylashgan glikokoliks (mukopolisaxaridlar) endoteliy yuzasiga manfiy zaryadni beradi, natijada ivish faktorlari va trombotsitlarni oʻzidan „itarilishiga“ olib keladi. Normal endoteliy subendotelial qavat va qon oʻrtasida bariyer hisoblanadi. Endoteliy hujayralari trombinni bogʻlovchi oqsil (Trombomodulin) ishlab chiqaradi, bu esa trombinni „jarayondan chiqarish“ orqali ivish mexanizmini sekinlashtiradi.
- Sirkulatsiyadagi antikoagulantlar boshqacha aytganda tabiiy antikoagulantlar quyidagilar: geparin, antitrombin III, a- makroglobulin, C-oqsil.
- Fibrinolitik mexanizm C-oqsil tabiiy ravishda V va VIII faktorlarni inaktiv holga oʻtkazadi va shuningdek, fibrinolitik xususiyatga ega boʻlgan plazminning shakllanishini oshiruvchi toʻqima plazminogen aktivatorinining ingibitorini inaktivlaydi[2].
- Aktivlangan ivish faktorlarini olib tashlash spontan ravishda boshlangan qon ivish jarayonida aktivlangan faktorlarni jigar olib tashlaydi va intravaskular qon ivishini oldini oladi.
Qon koagulyatsiyasi jarayoni — nerv va gormonal mexanizmlar yordamida boshqariladi.
Nerv boshqarilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qon oqimida trombin yuqori konsentratsiyasining paydo boʻlishi, asosiy refleks zonalar (sinokarotid, aorta va buyrak) trombosensitiv xemoretseptorlarining qoʻzgʻalishini va qonga geparin, geparinoidlar va antitrombin III ning refleksli chiqarilishini keltirib chiqaradi[3].
Gumoral boshqarilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]a) Qon ivish jarayonini tezlashtiradi: adrenalin, vazopressin, oksitotsin, glyukokortikoidlar, mineralokortikoidlar, jinsiy gormonlar
b) Ingibirlaydi: insulin, tiroksin (dastlab ular koagulyatsiya jarayonini ragʻbatlantiradi va keyin bostiradi).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Qon ivishi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Q-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar. - 1 2 3 4 5 6 7 8 Indu Khurana, Arushi Khurana: Textbook of medical physiology; 2nd edition, 2009
- 1 2 3 Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; no text was provided for refs named ":0". - ↑ Pallister CJ, Watson MS (2010). Haematology. Scion Publishing. pp. 336-347. ISBN 978-1-904842-39-2
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; no text was provided for refs named ":1".
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |