Kontent qismiga oʻtish

Feruzaxon Qodirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Feruzaxon Qodirova
Tavalludi 23-dekabr 1970-yil (1970-12-23) (53 yosh)
Xoʻjaobod tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Chirchiq davlat pedagogika institut
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika insituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori (DSc)
Ilmiy unvoni dotsent

Feruzaxon Usmanovna Qodirova (1970-yil 23-dekabr, Xoʻjaobod tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Feruzaxon Qodirova 1970-yil 23-dekabrda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan. Ish faoliyatini 1987-yildan zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus maktab-internatida tarbiyachi-enaga lavozimidan boshlagan. 1993-yil Toshkent davlat pedagogika insituti Defektologiya yoʻnalishini tamomlagan. 1997—2018-yillar mobaynida Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi hodimlarining malakasini oshirish markaziy institutida ishlagan. Chirchiq davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda „Kar va zaif eshituvchi bolalar soʻzlashuv nutqini rivojlantirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. 2009-yilda dotsent unvoniga ega boʻlgan. 2020-yil „Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning samarali texnologiyalari“ mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. Maxsus maktablarda o‘qitiladigan 7 ta uslubiy qo‘llanma, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 2 monografiya hamda 130 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi[1]. 2015-yilda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.