Fersman Aleksandr Yevgenyevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fersman Aleksandr Yevgenyevich (1883.27.10, Peterburg 1945.20.5, Sochi; Moskvada dafn etilgan) — rus kimyogari va mineralogi. F. geokimyo asoschilaridan biri. SSSR FA akad. (1919 yildan Rossiya FA akad.). V. I. Vernandskiyning shogirdi. Moskva universitetini tugatgan (1907), prof. (1910). Kola ya.o., Tyanshan, Qizilqum, Qoraqum, Ural, Baykalorti va boshqa rayonlarda olib borilgan qidiruv va tadqiqot ishlari da qatnashgan. Xibin tundralari (1920) va Monchetundra (1930)da F. ishtirokida apatit va misnikel ruda konlari ochilgan. "Geokimyo" (1 — 4t., 1933—39), "Pegmatitlar" (1931) asarlarining muallifi. F. elementlar klarki va migratsiyasiga katta eʼtibor berdi. F. birinchilar katorida foydali qazilma konlarini qidirishda geokimyoviy metodlarni qoʻllash zarurligini asosladi. 1926 yilda ilk bor MongoliyaOltoy geokimyoviy mintaqasini aniqladi. F. fanning yorqin targʻibotchisi, javohir va ziynat toshlar boʻyicha yirik mutaxassis. U. mineral resurslar tadqiqoti buyicha bir qancha ilmiy muassasalar va koʻp sonli ekspeditsiyalar (shu jumladan, Kola ya.o., Oʻrta Osiyo va Uralda) tashkilotchisi. Davlat mukofotlari (1929, 1942) laureati. Minerallardan: titanniobiy oksidi — fersmit va titan niobiy silikati — fersmanit F. nomi bilan atalgan.