Fellini Federiko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fellini Federiko (1920.20.1, Rimini — 1993) — Italiya kinorejissyori. 1937 yildan Florensiya, keyinroq Rimda jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, sugʻurta agenti, vitrina bezovchi, karikaturachirassom, reportyor ham boʻlgan. 1942 yildan tijorat uchun ishlangan komediya va melodramalarga ssenariy yozgan. R. Rosselinining "Rim—ochiq shahar", "Payza" filmlari yaratilishida qatnashgan. Neorealizm anʼanalaridan foydalangan holda oʻzining yorqin kinematografik uslubini yaratdi ("Oq shayx", "Onasining bolalari", "Yoʻl", "Shirin hayot" va boshqalar). "Sakkiz yarim" nomli yangi yoʻnalishdagi filmida real obrazlar oqimini qahramonlarning subʼyektiv qarashlari bilan birlashtirdi. "Rim", "Amarkor", "Orkestr repetitsiyasi", "Intervyu", "Oyning ovozi" kabi filmlari Italiyaning tarixiy taqdiri, milliy mintalitet masalalariga bagʻishlandi. F. ijodiga bagʻishlangan "Chao, Federiko" filmi ishlangan (rej. G. Baxman, 1969).