Fahriddin Umarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Faxriddin Umarovdan yoʻnaltirildi)
Faxriddin Umarov
Maʼlumot
Tavallud topgan sanasi va joyi1-sentyabr 1926-yil
Qibray, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston
Vafot etgan sanasi va joyi8-sentyabr 2007-yil(2007-09-08)
(81 yoshda)
Yo'nalishiLirika
KasbiXofiz, Bastakor, Shoir
Faoliyat yillari19492007
Yorliq

Faxriddin Aslpoʻlat oʻgʻli Umarov (1-sentyabr 1926, Qibray) — xofiz, bastakor, shoir. Oʻzbekiston xalq xofizi. Ilk musiqa saboqlarini otasidan, soʻng xofizlik sirlarini Asqar Ubaydullayev, Akmalxon va Boboxon Soʻfixonovlardan oʻrgangan. Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1950—53). Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1946—61), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1961— 86)da yakkaxon xonanda. Repertuaridan, asosan, kuylarni oʻzi bastalagan qoʻshiq va ashulalar — "Ishqingda zor oʻldim" (Noqis gʻazali), "Naylaram" (Xislat), "Jamoling", "Sochining savdosi tushdi" (Bobur), "Onam derman" (Yo.Mirzo), "Qaydasan" (Mashrab), "Uzbegim" (E.Vohidov), "Ey, muhabbat" (P.Moʻmin), "Umr oʻtmoqsa" (T.Sulaymon), shuningdek, mumtoz ("Chorgoh", "Bayot" kabi) va zamonaviy bastakorlar ashulalari ("Munojot", "Sodirxon Ushshogʻi" va boshqalar) oʻrin olgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasiga, 20 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan.[1]

  • Falak
  • Onam derman
  • Ey muhabbat
  • Yona-yona keldim
  • 18ga kirmagan kim bor
  • Umr oʻtmoqda
  • Moʻminga shifo
  • Farzandim
  • Iltimosga kuning qolmasin
  • Jamoling
  • Xalqim

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Umarov Faxriddin Asilpoʻlat oʻgʻli" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil