Fausto Pinto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fausto Manuel Pinto Rosas (talaffuzi: Fausto Manuel Pinto Roxas) 1983-yil 8-avgustda Meksikaning Kuliakan shahrida tugʻilgan. Meksikalik futbolchi chap qanot himoyachisi hisoblanadi. U Meksika terma jamoasida oʻynagan.

Fausto Pinto Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Fausto Manuel Pinto Rosas
Tugʻilgan 8-avgust 1983-yil(1983-08-08)[1][2][3](39 yosh)

Meksika
Fuqaroligi
Boʻyi 166 sm
Pozitsiyasi chap qanot himoyachisi
Hozirgi jamoasi
Klub Karerasini yakunlagan

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fausto „Pachuka“ futbol akademiyasining bitiruvchisi. Pinto jamoadagi ilk debyutini 2001-yilda oʻtkazgan. Oʻsha yili u asosiy jamoa oʻyinlarida deyarli qatnashmagan boʻlsa-da, Meksika chempioni boʻldi. 2006 va 2007-yilgi mavsumda Fausto yana chempionlikni qoʻlga kiritdi, u klubning asosiy himoyachisi boʻlgan. Shuningdek, u ikki marta KONKAKAF Chempionlar ligasida va 2006-yilda Copa Sudamericanada gʻolib chiqqan. „Pachuka“ tarkibida Pinto barcha turnirlarda 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi, ammo gol ura olmadi.

2008/09-yilgi mavsumda Fausto „Cruz Azul“ga oʻtdi. 2009-yil 9-martda „Santos Laguna“ga qarshi oʻyinda Pinto yangi klubida debyut qildi[4]. 29-noyabr kuni „Puebla“ga qarshi duelda himoyachi Meksika Primer ligasida ilk golini urdi[5].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil 27-iyunda Amerika Kubogi doirasida Braziliyaga qarshi oʻyinda Pinto Meksika terma jamoasi safida debyut qildi[6]. Turnirda u Ekvador , Paragvay, Argentina va Urugvay jamoalariga qarshi janglarda ham qatnashdi va Meksika terma jamoasiga chempionatning bronza medallarini qoʻlga kiritishda yordam berdi[7][8][9][10].

2009-yilda terma jamoa tarkibida Fausto KONKAKAF AQSh oltin kubogini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Nikaragua, Gvadelupa, Panama, Kosta-Rika, Gaiti va musobaqa mezbonlari AQSH terma jamoalariga qarshi toʻrtta oʻyinda ishtirok etgan[11][12][13][14][15][16].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Davlat Yillar
Pachuca Meksika bayrogʻi Meksika 2001 — 2008
Cruz Azul Meksika bayrogʻi Meksika 2009 — 2012
Deportivo Toluca Meksika bayrogʻi Meksika 2013
Cruz Azul Meksika bayrogʻi Meksika 2014 — 2016
Lobos BUAP Meksika bayrogʻi Meksika 2016
Dorados de Sinaloa Meksika bayrogʻi Meksika 2017 — 2018

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fausto Pinto // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. FAUSTO MANUEL PINTO // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  3. Pinto Fausto Manuel Pinto // As (Wayback Machine saytida 2022-05-19 sanasida arxivlangan(isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  4. „Крус Асуль VS. Крус Асуль 2:2“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  5. „Крус Асуль VS. Пуэбла 3:2“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  6. „Бразилия VS. Мексика 0:2“ (ru). soccerway.com (2007-yil 28-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  7. „Эквадор VS. Мексика 0:2“ (ru). soccerway.com (2007-yil 2-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  8. „Парагвай VS. Мексика 6:0“ (ru). soccerway.com (2007-yil 8-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  9. „Мексика VS. Аргентина 0:3“ (ru). soccerway.com (2007-yil 12-iyul). 2015-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  10. „Уругвай VS. Мексика 1:3“ (ru). soccerway.com (2007-yil 14-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  11. „Никарагуа VS. Мексика 0:2“ (ru). soccerway.com (2009—07—06). 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  12. „Мексика VS. Гваделупа 2:0“ (ru). soccerway.com (2009—07—13). 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  13. „Мексика VS. Панама 1:1“ (ru). soccerway.com (2009—07—10). 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  14. „Коста-Рика VS. Мексика 1:1“ (ru). soccerway.com (2009—07—24). 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  15. „Мексика VS. Гаити 4:0“ (ru). soccerway.com (2009—07—20). 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  16. „Мексика VS. США 5:0“ (ru). soccerway.com (2009—07—26). 2013-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.