Kontent qismiga oʻtish

Fatima et les Filles de Mahomet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fatima et les Filles de Mahomet (Muhammadning qizlari va Fotima) – Henri Lammens (Rim va Parij: Scripta Pontificii Instituti Biblic, 1912) tomonidan yozilgan asar. Kitobda islom paygʻambari Muhammad oʻz vorisligini Fotimaning bolalari orqali oʻtishini xohlamasligini, chunki Fotima Muhammadning sevimli qizi boʻlmaganligi yozilgan[1]. Muallif, shuningdek, Muhammadning xonadoni Ahl ul-Bayt faqatgina uning ayollaridan iborat boʻlgani, uning qarindoshlari bundan mustasno boʻlgani haqida yozgan[2]. Lui Massinyon Lammensni Fotima haqidagi juda beadab va kamsituvchi soʻzlari bilan oʻz oʻquvchilariga notoʻgʻri maʼlumot bergan deya qattiq tanqid qilgan[3].

Ibn Varroqning soʻzlariga koʻra, kitobning Fotima, Ali va ularning farzandlari uchun foydali boʻlgan materiallarga oid barcha maʼlumotlari tanqidga uchragan, ammo Lammens Ali va Fotimaga qarshi toʻplagan barcha materiallarning aslida toʻgʻri yoki notoʻgʻri maʼlumot ekanligi haqida oʻylamagan. Varroqning taʼkidlashicha, Lammens tomonidan tuzilgan paygʻambarning tarjimai holi hech qachon Rimda tezkor buyruq bilan nashr etilmagan, chunki kitobning nashr etilishi Muqaddas Taxtni sharmanda qilgan boʻlar edi[4].

  1. Ohlig, Karl-Heinz. Die Dunklen Anfänge: Neue Forschungen Zur Entstehung und Frühen. Verlag Hans Schiler, 2006 — 218 bet. ISBN 3-89930-128-5. 
  2. Madelung, Wilferd. The Succession to Muhammad: A Study of the Early Caliphate. Cambridge University Press, 1997 — 3 bet. ISBN 0-521-64696-0. 
  3. " Der gnostische Kult der Fatima in shiitischen Islam " (1938); Opera Minora (Beirut: Dar Al-Maaref Liban, 1963), I, 514-22.
  4. Ibn Warraq. „Skepticism And Koranic Research“. New English Review (2007-yil dekabr). Qaraldi: 2017-yil 10-dekabr.