Kontent qismiga oʻtish

Fathullajon karvonsaroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fathullajon karvonsaroyi
Fathullojon karvonsaroyi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Madaniy meros yodgorligi
Turi Karvonsaroy
Joylashuvi Buxoro viloyati
Manzili Haqiqat koʻchasi
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVIII asrning 2-yarmi yoki XIX asr
Qurilishi tugagan XVIII asrning 2-yarmi yoki XIX asr
Map
Fathullajon karvonsaroyining oʻrni xaritada

Fathullajon karvonsaroyi (Fathullojon karvonsaroyi)Oʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1].

1920-yilgi Buxoro inqilobiga qadar unda idish-tovoq ulgurji savdosi bilan shugʻullanilgan. Keyinchalik koʻp yillar yotoqxona vazifasini bajargan, bora-bora qurilish va xoʻjalik axlatiga toʻlib borgan. 2003-yildan buyon yarim buzilgan holatga kelib qolgan karvonsaroyni fransuz asotsiatsiyasi tomonidan qayta qurish ishlari olib borilmoqda[2].