Faqir
Faqir - (arab. فقیر — kambag‘al) moddiy yoki ma’naviy jihatdan muhtoj odam. Kambag‘al (fuqaro)ga, ya’ni ijtimoiy jihatdan nochor odamlarga g‘amxo‘rlik qilish zarurligi Qur’oni karimda, sunna va pandnoma asarlarida alohida ta’kidlanadi. Zohidlik va so`fiylik "kambag‘allik" ("faqr", "fuqr")ni keng targ‘ib qilgan. "Faqir" deyilganda "darvish" va "so’fiy"lar tushunilgan. Shoirlar, mualliflar, xattotlar ham o‘zlarini kamtarlik bilan Faqir deb atashgan.
Faqir — moddiy jihatdan muxtoj, nochor, kambagʻal, qashshoq odam. Baʼzi kishilar (shoirlar, mualliflar, xattotlar) "men" soʻzi oʻrnida oʻzlarini kamtarlik bilan F. deb atashgan.
![]() |
|
Manbalar[tahrir]
Islom ensiklopediyasi - Toshkent 2004
![]() |
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |