Faol tadbirkor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekistonfuqarolari
Taqdirlash asosi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish hamda innovatsiyalar joriy qilishda munosib hissa qoʻshayotgan tadbirkorlar taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2022-yil 20-avgust.

„Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʻrinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna boʻlayotgan tadbirkorlar taqdirlanadi[1][2][3].

Mukofotlash tartibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har yili „Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar haqida „Yilning ilgʻor tadbirkorlari“ kitobi chop etilishi belgilandi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi.
  • Koʻkrak nishonining oʻrta qismi diametri 25 millimetr boʻlgan doira shaklidagi boʻrtma gardish bilan oʻralgan. Doiraning markazida belgi-tamgʻalar tasvirlangan boʻlib, bunday tamgʻalar qadimgi usta-hunarmand tadbirkorlar tomonidan yasalgan va sotuvga chiqarilgan hamda Oʻzbekiston hududida topilgan mahsulotlar namunalarida aks etgan. Ular azaldan yurtimiz hududida yashab kelgan tadbirkorlarning ramzlari boʻlib kelgan.
  • Markazdagi belgi-tamgʻalar atrofida ularni ushlab turgan tadbirkor qoʻllarini ifodalovchi tasvirlar tilla rangda aks ettirilgan.
  • Koʻkrak nishonining ustki qismida aylana boʻylab „FAOL TADBIRKOR“ yozuvi bitilgan. Harflarning balandligi — 2,2 millimetr.
  • Koʻkrak nishonining pastki qismida aylana boʻylab 5 qirrali 14 yulduz aks ettirilgan. Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuvlar boʻrtmadir.
  • Koʻkrak nishoni ilmoq va halqa yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻich boʻyi — 19 millimetr, eni — 25 millimetr. Qadagʻich teng oʻlchamli koʻk va och koʻk rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, uning eni 21 millimetrni tashkil etadi.
  • Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]