Fabian Sporkslede

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fabian Sporkslede
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fabian Mitchel Sporkslede[1]
Tavallud sanasi 3-avgust 1993-yil (1993-08-03) (30 yosh)
Tavallud joyi Amstelveen, Niderlandiya Niderlandiya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Oʻng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Isroil Bnei Sakhnin
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
NFC/Brommer
AFC
0000-2007 AZ
2007—2012 Ajax
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2015 Ajax 2 (0)
2013—2015 Jong Ajax 24 (2)
2014—2015Willem II (ijara) 1 (0)
2016 Chievo Verona 0 (0)
2016Lupa Castelli Romani (ijara) 2 (0)
2016—2019 NAC Breda 65 (0)
2019—2020 RKC Waalwijk 6 (0)
2021 Dinamo Tbilisi 30 (2)
2022- Bnei Sakhnin 16 (1)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Netherlands U17 5 (1)
2011—2012 Netherlands U19 9 (0)
2013 Netherlands U21 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-iyun 2022-yil uchun)

Fabian Mitchel Sporkslede (1993-yil, 3-avgustda tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi, Bnei Sakhnin jamoasida oʻng qanot himoyachisi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

AFC Ajax[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sporkslede oʻz futbolchilik faoliyatini AZ Alkmaar yoshlar safida boshlagan va u yerdan 2007-yilda AFC Ajaxning yoshlar jamoasiga qoʻshilish uchun klubni tark etgan. Amsterdam jamoasining yoshlar safida faoliyatini davom ettiryotgan Sporkslede 2012-yil, 26-sentyabr kuni KNVB kubogi doirasidagi safarda Utrechtga qarshi oʻyinda Ajax safida debyut qildi va bu uchrashuvda Ajax uch gol farqi bilan gʻalaba qozondi. Debyutidan atigi uch kun oʻtgach, u Ajax safida Erdiviziyadagi debyutini oʻtkazdi va Twentega qarshi oʻyinda Ryan Babelning 87-daqiqasida oʻrniga maydonga tushdi[2]. Toʻrt kundan soʻng, Sporkslede Ajax safida xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazdi va UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Real Madridga qarshi oʻz uyida 69-daqiqada Christian Poulsen oʻrniga maydonga tushdi. Uchrashuv amsterdamliklarning 1:4 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlandi[3].

2012-yil, 7-oktabr kuni Utrechtga qarshi uy uchrashuvida Sporkslede Erediviziya tarixida avtogol urgan eng yosh OFK Ajax futbolchisi sifatida baxtsiz rekordchiga aylandi. 19 yoshu 65 kunligida u sobiq rekordchini 50 kunga ortda qoldirdi, bu germaniyalik Ajax futbolchisi Werner Schaaphokga qarshi oʻyinda 19 yoshu 115 kunligida avtogol muallifiga aylandi. ADO Den Haag 1961-yil, 16-aprel. Ajaxning avtogol muallifi boʻlgan eng yosh besh nafar futbolchisi Marciano Vink (19 yoshu 124 kun), Frank Rijkaard (19 yoshu 136 kun) va sobiq daniyalik iqtidor sohibi Jan Molby (19 yoshu 140 kun) yakunladi. Utrechtga qarshi oʻyin Ajaxning 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, 51-daqiqada Sporkslede tasodifan toʻpni Ajax darvozasiga kirgizvordi[4].

Willem II (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil, 10-iyulda Sporkslede Willem IIga ijaraga berilgani eʼlon qilindi[5]. U 2014-yil, 7-sentyabrda De KuipdaFeyenoordga qarshi safarda 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[6]. 2014-yil, 23-sentabrda Sporkslede KNVB kubogi doirasidagi Delta Sportga qarshi oʻyinda debyut qildi va Willem II klubi 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Uning ijarasi qishki transfer oynasida tugatildi, bunga sabab sifatida uni iyul oyida kelganidan beri atigi ikkita oʻyin oʻtkazgani boʻldi.

Ajaxga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 26-yanvarida Fabian Sporkslede Niderlandiyadagi professional futbolning 2-bosqichi boʻlgan Eerste Diviziyasida oʻrinbosari Jong Ajax jamoasida oʻynab, Ajaxga qaytishini eʼlon qilindi[7].

RKC Waalwijk[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil, 27-sentyabrda u RKC Waalwijk bilan 2019-20-yilgi mavsum uchun shartnoma imzoladi[8].

FC Dinamo Tbilisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 5-yanvarida u Tbilisining Dinamo klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan[9].

Bnei Sakhnin[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 29-yanvarda Bnei Sakhnin klubi bilan shartnoma tuzgan[10].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niderlandiyada tugʻilgan Sporkslede asli surinamlik[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Mavsum Klub Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Niderlandiya Liga KNVB kubogi Yevropa Boshqa Jami
2012-13 Ajax Eredivizion 2 0 1 0 1 0 0 0 4 0
2013-14 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2014-15 Willem II (ijara) 1 0 1 0 0 0 0 0 2 0
Ayaks 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2016-17 NAC Breda Erste divizioni 12 0 1 0 0 0 0 0 13 0
Jami Niderlandiya 15 0 3 0 1 0 0 0 19 0
Italiya Liga Italiya kubogi Yevropa Boshqa Jami
2015-16 Lupa Castelli Romani Lega Pro 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Jami Italiya 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Karyera jami 17 0 3 0 1 0 0 0 21 0
2016-yil, 28-oktabrda boʻlib oʻtgan soʻnggi oʻyindagi aniq statistika[12].
Klub Liga Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Niderlandiya Liga Jami
2013-14 Yong Ayaks Erste divizioni 9 1 9 1
2014-15 15 1 15 1
Jami Niderlandiya 24 2 24 2
Karyera jami 24 2 24 2

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ajax

  • Eredivizion: 2012-13

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fabian Sporkslede“. worldfootball.net. Qaraldi: 1-oktabr 2012-yil.
  2. „Ajax vs. Twente 1 – 0“. soccerway.com. Qaraldi: 30-sentabr 2012-yil.
  3. „Ajax v Real Madrid Match facts“. The Guardian. Qaraldi: 3-oktabr 2012-yil.
  4. „Sporkslede jongste Ajacied met eigen doelpunt (Dutch)“. NU Sport. Qaraldi: 10-oktabr 2012-yil.
  5. „'Willem II huurt middenvelder van Ajax met Champions League-ervaring' (Dutch)“. Voetbalprimeur. Qaraldi: 10-iyul 2014-yil.
  6. Feyenoord vs.
  7. Sporkslede terug naar Ajax (Dutch). 26 January 2015.
  8. RKC Waalwijk (27-sentabr 2019-yil). „Fabian Sporkslede voor een jaar RKC'er“ (niderlandcha). Press-reliz.
  9. Dinamo Tbilisi (5-yanvar 2021-yil). „Two new footballers in Dinamo“ (inglizcha). Press-reliz.
  10. Goldstein. „חיזוק ראוי: ספורקסלדה חתם בבני סכנין - ספורט 5“ (ivritcha). Sport5 (29-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2022-yil.
  11. „Profvoetballers van Surinaamse afkomst“. Natio Suriname | Voetbal. 24-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-noyabr 2020-yil.
  12. „Fabian Sporkslede - Voetbal International profile“. Voetbal International. 2013-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-noyabr.