Führer
Fyurer (nemischa: führer) — "dohiy", "yetakchi" ma'nolarini anglatuvchi soʻz. Odatda, rasman bu unvonga ega boʻlgan Adolf Gitlerni ifodalash uchun ishlatiladi, ammo turli xil ekstremistik tashkilotlarning boshliqlariga nisbatan kinoya bilan ham qoʻllanishi mumkin. Uchinchi Reyxda "fyurer" soʻzi har xil unvon va mansab nomlarining tarkibiy qismi edi (masalan, sturmbannfyurer, gruppenfyurer va h.)
Nemis tilida führer soʻzi shuningdek, sotsialistik inqilob dohiylarini ifodalashda ishlatilar edi: Die bolschewistischen Fyurer Lenin, Trotskiy und Stalin - Bolsheviklarning dohiylari – Lenin, Trotskiy va Stalin.
Yana führer soʻzi anime va Fullmetal Alchemist mangasida qoʻllanadi, u yerda berilgan termin bilan davlat boshligʻi King Bredli ifodalanadi.
![]() |