Ezop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ezop
qadimgi yunoncha: Αἴσωπος'
Velázquez - Esopo (Museo del Prado, 1639-41).jpg
Toʻliq ismi:ezop
Tavallud sanasi: mil. avv. 620
Vafot sanasi:mil. avv. 564
Fuqarolik:grek
Kasb: masalchi

Ezop (miloddan avvalgi 6-asr) — yunon masalchisi. Rivoyatlarga qaraganda, Ezop frigiyalik qul boʻlib, soʻng ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmatda boʻlgan, Delfada oʻldirilgan. Antik davrda maʼlum boʻlgan deyarli barcha masallarning syujeti Ezopniki deb hisoblangan. Ular miloddan avvalgi 4—3alardan boshlab toʻplangan va "Ezop masallari" kitobiga kiritilgan. Milodiy 10— 15-asrlardagi qoʻlyozmalarda 300 dan ortiq shunday masal saqlanib qolgan.

Ezop masallari gʻoyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozilgan, personajlari (asosan, hayvonlar) oʻta shartli, voqealar ixcham bayon qilingan; tili sodda, jonli tilga yaqin. Ezop masallari syujeti Yevropa masalchiligi syujetining asosini tashkil etgan. Lotin masalchisi Fedr (1-asr) va yunon masalchisi Babriy (2-asr )dan tortib J. Lafonten va I. A. Krilovtacha Ezop masallari syujetini davrga moslab ijodiy rivojlantirganlar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gasparov M. L., Antichnne literaturnme basni, M., 1971.