Kontent qismiga oʻtish

Yevgeniy Urbanskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Evgeniy Urbanskiydan yoʻnaltirildi)
Yevgeniy Urbanskiy
Tugʻilgandagi ismi Yevgeniy Yakovlevich Urbanskiy
Tugʻilgan sanasi 24-fevral, 1932-yil
Tugʻilgan joyi Moskva, RSFSR, SSSR
Vafot sanasi 5-noyabr 1965[1]
Vafot joyi Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 19571965
Teatr Stanislavskiy nomidagi drama teatri
Mukofotlari RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist
IMDb ID 0881708

Yevgeniy Yakovlevich Urbanskiy (27-fevral, 1932-yil, Moskva, RSFSR5-noyabr, 1965-yil, Buxoro viloyati, OʻzSSR) — sovet teatr va kino aktyori, „Kommunistik“ va „Chistoe nebo“ filmlaridagi rollari bilan tanilgan. RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1962).

Moskvada Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi xodimlari oilasida tugʻilgan. 1938-yilda otasi qatagʻon qilingan va Komi ASSRning Vorkuta shahri yaqinidagi lagerga yuborilgan. Onasi xalq dushmanining xotini sifatida ikki oʻgʻli bilan Olmaotaga surgun qilingan. Qozogʻistonda 1946-yilga qadar yashagan[2]. Urush oxirida oilasi bilan Intaga koʻchishga muvaffaq boʻldi. Intlada otasi bilan yashadi, oʻrta maktabni tugatdi.

1952-yilda Moskva badiiy teatr maktabi qoshidagi aktyorlik maktabiga oʻqishga kirdi, 1957-yilda maktabni tugatgandan soʻng K. S. Stanislavskiy nomidagi Moskva drama teatri truppasiga qabul qilindi[3].

Yuli Rayzmanning „Kommunist“ (1957) filmida bosh rolni ijro etgan. Debyut roli edi. Film ortidan mashhulikka erishdi. 1959-yilda „Sovet ekrani“ jurnali oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, film yilning eng yaxshi uchta filmi qatoriga kirdi.

Urbanskiy 1965-yil 5-noyabrda „Direktor“ (rejissyor Aleksey Saltikov) filmi suratga olish maydonchasida vafot etgan[4]. Voqea Buxorodan 40 km uzoqlikdagi qumtepaliklarda sodir boʻlgan. Kaskadyor qumdan hosil boʻlgan tramplinning oʻzgargan burchagini hisobga olishda adashdi. Mashina qumlikdan sakradi va old tomoni bilan yerga deyarli tikka urildi. Keyin esa mashina old tomoga agʻdarildi[5]. Urbanskiy olgan jarohatlaridan kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi[2].

Goskino raisi Aleksey Romanovning buyrugʻi bilan suratga olish darhol toʻxtatildi, guruh tarqatib yuborildi[2]. 1969-yilda rejissyor A. Saltikov „Rejissor“ni yana sahnalashtirishga ruxsat oldi.

2022-yil 23-noyabrda, oradan 57 yil o‘tib, „Mosfilm“ rahbariyati Yevgeniy Urbanskiy hayotining so‘nggi daqiqalariga oid noyob kadrlarni taqdim etdi. Eski film moʻjizaviy tarzda kinostudiya arxividan topilgan[6]. Kadrlarda usti ochiq mashinaning qumtepalardagi balandlikdan sakrab, ag‘darilgani va natijada aktyor halok bo‘lganini ko‘rish mumkin[7].

Moskvada Novodevichiy qabristoniga dafn etilgan[8].

Teatrdagi rollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1954 — „Dni Turbinix“ M. Bulgakov — Mishlaevskiy (vvod v spektakl)
  • 1957 — „Vishnyoviy sad“ A. Chexov — Lopaxin
  • 1957 — „Uchenik dyavola“ Dj. B. Shaw — Richard Dadjen
  • 1958 — „Raskritoe okno“ E. Braginskogo
  • 1959 — „Bludniy sin“
  • 1959 — „Takaya lyubov“
  • 1960 — „Perviy den svobodi“ L. Kruchkovskogo — Yan
  • 1961 — „Sovremennaya tragediya“
  • 1962 — „Vsyo tolko nachinaetsya“ 3. Stavskogo
  • 1962 — „Seylemskie vedmi“ A. Millera — Djon Proktor
  • 1963 — „Tryoxgroshovaya opera“ B. Brext — Pichem
  • 1963 — „Paluba“ L. Zorina, rejissyor: M. Karklyalis
  • 1964 — „Materinskoe pole“ po Ch. Aytmatov, rejissyor: B. A. Lvov-Anoxin
  • 1964 — „Shestoe iyulya“ M. Shatrova — Latsis, rejissyor: B. A. Lvov-Anoxin
  • 1965 — „Ensiklopedisti“ L. Zorina, rejissyor: B. A. Lvov-Anoxin

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Rol
1957 film Kommunist Vasiliy Gubanov
1959 film Ballada o soldate Vasya, nogiron
1959 film Neotpravlennoe pismo Sergey Stepanovich, provodnik
1960 film Ispitatelniy srok Kurichyov, UGRO nachalnigi
1961 film Chistoe nebo lyotchik Aleksey Astaxov, Sovet Ittifoqi Qahramoni
1961 qisqa metrajli film Malchik i golub ishchi
1961 telespektakl Orlinaya step Leonid Bagryanov
1964 film Bolshaya ruda Viktor Pronyakin, Tamarining eri
1964 film Pyad zemli kapitan Aleksey Babin, batalyon komandiri
1966 film Tsar i general Arkadiy Pavlovich, Sovet chekisti

Mukofotlar va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. // (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 2,2 „Короткий и яркий путь Евгения Урбанского: Из-за чего оборвалась жизнь звезды кино 1960-х гг.“ (ru). Культурология.РФ (2020-yil 5-noyabr). 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  3. 3,0 3,1 Кино. Энциклопедический словарь Юткевича 1987.
  4. „Иван Лихачёв и Евгений Урбанский: Судьба актёра и прототипа его героя в фильме «Директор»“. 2016-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-aprel.
  5. Unikalnaya naxodka na „Mosfilme“. Obnarujena kinoplyonka s zapisyu poslednix minut jizni aktyora Yevgeniya Urbanskogo
  6. ntv.ru. „Тайна гибели актера Урбанского: «Мосфильм» показал случайно найденные уникальные кадры“ (ru). НТВ. Qaraldi: 2023-yil 21-may.
  7. „«Мосфильм» опубликовал кадры последних минут жизни актера Урбанского спустя 57 лет“ (ru). Известия (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 21-may.
  8. „Памяти Николая Багратовича Никогосяна (1918—2018)“. 2021-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-sentyabr.