Evan Williams
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. | |
Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring. |
Evan Williams | |
---|---|
Tavalludi | 31-mart 1972 |
Fuqaroligi | AQSh |
Evan Uilyams (inglizcha: Evan Williams; 1972-yil 31-martda tugʻilgan) — amerikalik tadbirkor, bir qancha internet-kompaniyalarga, jumladan Pura Labs ("Blogger" tomonidan ishlab chiqilgan) va "Twitter" asos solgan. U yerda bir muddat bosh direktor boʻlgan.
Hayoti va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Uilyams Nebraska shtatining Klarks shahridagi fermada tugʻilib oʻsgan. U yozda ekinlarni sugʻorishga yordam bergan. U bir yarim yil Nebraska universitetida tahsil oldi, soʻng oʻqishni tashlab, ish faoliyatini dasturchi sifatida davom ettirdi.[1][2]
Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Uilyams Key West, Dallas, Ostin, Texas shaharlarida va yana Nebraskadagi oilaviy fermasida turli xil Internet texnologiyalari mutaxassisi lavozimlarida ishladi. 1996-yilda Uilyams yuqori texnologiyali „OʻReilly Media“ kompaniyasida ishlash uchun Kaliforniyaning Sebastopol shahriga koʻchib oʻtdi. U oʻz faoliyatini „OʻReilly“da marketing mutahasisi lavozimidan boshlagan, ammo keyinchalik erkin dasturchiga aylandi.[2]
Pura Labs va Blogger[tahrir | manbasini tahrirlash]
Evan Uilyams Meg Hurixan bilan birgalikda „Pura Labs“ IT kompaniyasiga asos solgan. Uning asosiy mahsuloti bloglarni yaratish hamda boshqarish uchun birinchi veb-ilovalardan biri boʻlgan "Blogger" edi. Uilyams isteʼmol tiliga „blogger“ atamasini kiritdi va „blog“ atamasini ommalashtirishda muhim rol oʻynadi. „Pura Labs“ Meg Hurixan va boshqa xodimlar ketganidan keyin, 2003 yil 13-fevralda "Google" tomonidan sotib olinmaguncha, bir muncha vaqt faoliyatini toʻxtatdi.[3] Uilyams 2004-yilda "Blogger"dagi ishlari uchun Xurihan va Pol Bausch bilan birga „PC Magazine“ tomonidan „Yil odami“ deb topildi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Williams, Evan. „For Twitter C.E.O., Well-Orchestrated Accidents“. New York Times (7-mart 2009-yil). Qaraldi: 16-avgust 2009-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Malone, Michael S.. „The Twitter Revolution“. Wall Street Journal (18-aprel 2009-yil), s. A11. Qaraldi: 16-avgust 2009-yil.
- ↑ Gillmor, Dan „Google Buys Pyra: Blogging Goes Big-Time“. SiliconValley.com (15-fevral 2003-yil). 24-mart 2003-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-avgust 2009-yil.
- ↑ „People of the Year“ (22-dekabr 2004-yil). Qaraldi: 16-avgust 2009-yil.