Eva Gabor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eva Gabor
Tavalludi
Éva Gábor

11-fevral 1919-yil
Vafoti 4-iyul 1995-yil(1995-07-04)
(76 yoshda)
Los Angeles, California, AQSh
Fuqaroligi Mojariston va AQSh
Kasbi Aktrisa, tadbirkor, xonanda
Faoliyat yillari 1941—1994-yillar
Turmush oʻrtogʻi
  • Eric Valdemar Drimmer
    (turm. 1937; ajr. 1942)
  • Charles Isaacs
    (turm. 1943; ajr. 1949)
  • John Elbert Williams
    (turm. 1956; ajr. 1957)
  • Richard Brown
    (turm. 1959; ajr. 1973)
  • Frank Gard Jameson Sr.
    (turm. 1973; ajr. 1983)
Otasi Vilmos Gábor
Onasi Jolie Gabor

Eva Gabor (1919-yil 11-fevral, Budapesht, Vengriya — 1995-yil 4-iyul, Los Angeles, AQSh) — vengriyalik sobiq aktrisa, ishbilarmon ayol, xonanda va sotsialist. U Disney suratga olgan The Aristocats, The Rescuers va The Rescuers Down Under kabi filmlarida gersoginya xonim Bianca obrazi uchun ovoz bergan.

Gabor 1965—1971-yillarda efirga uzatilgan Green Acres teleserialida Eddie Albert gavdalantirgan obraz Oliver Wendell Douglasning rafiqasi Lisa Douglas roli orqali mashhurlikka erishgan. U kinoda, Broadway teatrida va televideniyeda aktrisa sifatida ulkan muvaffaqiyatlar qozongan. Sobiq aktrisa, shuningdek, muvaffaqiyatli ishbilarmon ayol sifatida yasama soch (parik)lar, kiyim-kechak va goʻzallik mahsulotlarini sotish bilan shugʻullangan. Uning katta opalari Zsa Zsa va Magda Gabor ham aktrisalar va sotsialistlar boʻlishgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gabor Vengriyaning Budapesht shahrida askar Vilmos Gábor va uning rafiqasi, zargar Jolie (qizlik familyasi: Janka Tilleman)lar oilasida dunyoga kelgan uchta qizining kenjasidir. Uning ota-onasi venger yahudiy oilalaridan boʻlishgan[1][2][3]. U 1937-yilda 18-yoshida shvetsiyalik osteopat doktor Eric Drimmer bilan turmushga chiqqan. Birinchi turmushidan koʻp oʻtmay, opa-singillar orasida birinchi boʻlib, AQShga koʻchib kelgan[4]. 1950-yillarda u bir nechta badiiy filmlarda, jumladan, The Last Time I Saw Parisda Elizabeth Taylor hamda Dean Martin va Jerry Lewis ishtirok etgan Artists and Modelsda suratga tushgan.

Gabor (oʻngda) Eddi Albert (chapda) bilan Green Acres toʻplamida. 1965-yil, avgust

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gabor 1995-yil Mustaqillik kuni munosabati bilan Los Angelesda taʼtilda boʻlgan vaqtida vannaga yiqilib tushgan hamda nafas etishmovchiligi va pnevmoniyadan vafot etgan[5]. Uning dafn marosimi 1995-yil 11-iyulda Beverly Hillsdagi Good Shepherd katolik cherkovida boʻlib oʻtdi[6].

Kenja farzand boʻlmish Evaning katta opalari va onasi ham vafot etgan. Opasi Magda va onasi Jolie Gabor uning vafotidan ikki yildan soʻng, 1997-yilda vafot etgan. Katta opasi Zsa Zsa esa 2016-yil 18-dekabrda yurak hurujidan vafot etgan[7][8].

Dafn etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gaborning qabri

Gabor Westwood Village Memorial Park qabristoniga, jiyani Francesca Hilton hamda doʻsti va sobiq hamkasbi Eddi Albertdan bir necha metr narida dafn etilgan. 

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1941 Forced Landing Johanna Van Deuren
New York Town Kichik rol Akkretivsiz
Pacific Blackout Marie Duval
1942 Star Spangled Rhythm Eva Gabor Akkretivsiz
1945 A Royal Scandal Countess Demidow
1946 The Wife of Monte Cristo Mme. Lucille Maillard
1949 Song of Surrender Countess Marina
1952 Love Island Sarna
1953 Paris Model Gogo Montaine
1954 The Mad Magician Claire Ormond
Captain Kidd and the Slave Girl Judith Duvall
The Last Time I Saw Paris Lorraine Quarl
1955 Artists and Models Sonia / xonim Curtis
1957 The Truth About Women Louise Tiere
My Man Godfrey Francesca Gray
Donʼt Go Near the Water Deborah Aldrich
1958 Gigi Liane d’Exelmans
1959 It Started with a Kiss Marquesa Marion de la Rey
1963 A New Kind of Love Felicienne Courbeau
1964 Youngblood Hawke Fannie Prince
1970 The Aristocats Gersoginya Ovozli rol
1977 The Rescuers xonim Bianca
1979 Nutcracker Fantasy Vaqt malikasi
1987 The Princess Academy Countess Von Pupsin
1990 The Rescuers Down Under xonim Bianca

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Reflecting on the life of Zsa Zsa Gabor“. New York Social Diary. 2016-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2016-yil.
  2. „Jews in the News: Bonni Tischler, Steven Spielberg and Vilmos Gabor | Tampa Jewish Federation“. Jewishtampa.com (11-iyul 2016-yil). Qaraldi: 16-iyul 2016-yil.
  3. Bennetts. „It's a Mad, Mad, Zsa Zsa World“. Vanity Fair. Qaraldi: 16-iyul 2016-yil.
  4. Johnson, Irving. „Those Gabor Girls“. San Antonio Light (29-fevral 1948-yil). Qaraldi: 28-may 2016-yil.
  5. „Eva Gabor, 74, the Actress; Youngest of Celebrated Sisters“. The New York Times. Associated Press (5-iyul 1995-yil).
  6. Gary Wayne. „Church of the Good Shepherd“. Seeing-stars.com (20-may 1998-yil). Qaraldi: 16-iyul 2016-yil.
  7. „Zsa Zsa Gabor Death Certificate“. 2023-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  8. McFadden, Robert D.. „Zsa Zsa Gabor, Actress Famous for Her Glamour (and Her Marriages), Dies at 99“ (inglizcha). The New York Times (18-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2017-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]