Esse (asar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Esse (fransuzcha: essai — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subyektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiybiografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiyommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. Uzbek adabiyotida XX-asrning 70—80-yillaridan Esse yaratila boshlandi.

Yana qara[tahrir | manbasini tahrirlash]