Kontent qismiga oʻtish

Esperança Gicaso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Esperança Gicaso

Esperança Gicaso (1992-yil 2-iyulda tugʻilgan) — Angolalik paraatletika boʻyicha sportchi. U 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Angolaning bayroqdori boʻlib maydonga chiqqan. Gicaso koʻzi ojiz sportchilar uchun T11 tasnifida sport musobaqalarida ishtirok etadi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gicaso sport musobaqasida ishtirok etish uchun mashgʻulotlarini 2008-yilda boshlagan[1]. 2011-yilda u Mozambikning Maputu shahrida boʻlib oʻtgan Afrika oʻyinlarida 100 metrga yugurish boʻyicha T11 musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[2]. U 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 100 metrga T11 va 200 metrga T11 hamda 400 metrga T12 yugurish musobaqalarida qatnashgan. Gicaso musobaqaning final bahsigacha yetib bora olmagan[1].

2013-yilda Fransiyaning Lion shahrida boʻlib oʻtgan IPC yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida Gicaso T11 yoʻnalishida 200 metrga yugurish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan[1]. 2015-yilda Kongo Respublikasining Brazzavil shahrida boʻlib oʻtgan Afrika oʻyinlarida u T11 yoʻnalishida 100 metrga yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritgan[3][4].

Gicaso Rio-de-Janeyrodagi 2016-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Angolaning bayroqdori sifatida maydonga tushgan[1]. U 100 metr, 200 metr va 400 metrga T11 yoʻnalish musobaqalarida qatnashgan[1].

2017-yilda Londonda boʻlib oʻtgan paraatletika boʻyicha jahon chempionatida Gicaso 100 metrga T11 yoʻnalishi boʻyicha[5] yugurishda kumush medal va 200 metrga T11 yoʻanlish boʻyicha yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritgan[6]. U Angola Olimpiya sportchilari assotsiatsiyasi tomonidan 2017-yilning eng qimmat sportchisi deb topilgan[1].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gicaso Angolaning Maianga shahrida yashaydi. U Luandadagi maktabda portugal tilidan dars beradi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 „Esperanca Gicaso - Athletics | Paralympic Athlete Profile“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  2. „Esperança Gicaso wins silver medal“ (EN-US). ANGOP (2011-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  3. „All-Africa Games: Gicaso wins bronze in 100 metres of visual impaired athletics“ (EN-US). ANGOP (2015-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  4. „Angolana Esperança Gicaso conquista bronze nos 100 metros“ (pt). Desporto (2014-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  5. Scarr. „World Para Athletics Championships: Days 5-10“ (en-GB). Runner's World (2017-yil 24-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  6. Paralympic Games. „Women's 200m T11 | Final | London 2017 World Para Athletics Championship“. YouTube (2017-yil 17-iyul).