Kontent qismiga oʻtish

Afrika oʻyinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Afrika oʻyinlari – Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi shofeligidagi yirik mintaqaviy sport musobaqalari hisoblanadi. 1965-yildan Afrika sporti Oliy kengashi (KSSA; 1965-yilda Afrika sporti doimiy qoʻmitasi oʻrniga tuzilgan) tomonidan oʻtkazib kelinadi. Bu Oliy kengashga 50 ga yaqin mamlakat aʼzo boʻlgan (1989). Afrika oʻyinlari dasturida basketbol, boks, kurash, velosport, voleybol, qoʻl toʻpi, dzyudo, yengil atletika, suvda suzish, futbol va sportning boshqa turlari mavjud.