Eskimoslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Eskimoslar (oʻzlarini inuit deb atashadi) — xalqlar guruhi. Alyaska (AQSH, 38 ming kishi, 1990- yillar oʻrtalari), Shim. Kanada (28 ming kishi), Grenlandiya o. (grenlandlar, 47 ming kishi) va RF (Magadan viloyati va Vrangel o., 1,7 ming kishi, 1990- yillar oʻrtalari)da yashaydi. Eskimos tilida soʻzlashadi. Dindorlari — xristian boʻlsalarda, amalda animizm, shomoniylik saqlanib qolgan. Asosiy mashgʻulotlari — ovchilik, baliq ovlash.