Erkin Xushvaqtov
Erkin Xushvaqtov | |
---|---|
Tavalludi |
5-mart 1959-yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Chambil qishlogʻi |
Kasbi | dramaturg |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek tili |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti |
Janr | dramaturgiya |
Mukofotlari |
Erkin Xushvaqtov (1959-yil 5-sentyabr Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Chambil qishlogʻi) — oʻzbek adabiyotining isteʼdodli yozuvchisi, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dramaturg Erkin Xushvaqtov 1959-yil 5-mart kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Chambil qishlogʻida dunyoga keldi. U Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining rejissyorlik fakultetida (1978—1983), Oʻzbekiston davlat sanʼat institutining oliy dramaturgiya bosqichida (1998—2000) tahsil oldi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkin Xushvaqtov oʻz mehnat faoliyatini Oʻzbek davlat drama teatrining rejissyor yordamchisi boʻlib faoliyat yuritishdan boshladi (1985—1987). Shundan keyin „Diydor“ nomli teatr studiyasida aktyor (1989—1990), Oʻzbek Milliy akademik Drama teatrida yorituvchi (2001—2004) vazifasida faoliyat olib bordi.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning Oʻzbek Milliy akademik Drama teatrida Abdulla Qodiriyning „Mehrobdan chayon“ romani boʻyicha sahnalashtirilgan asari (1994), „Chimildiq“ (1996)[1], „Mashrab“ (1997), „Qalliq oʻyini“ (2002), „Qirmizi olma“ (2002), „Andishali kelinchak“ (2005), „Rashk“ (2008), „Sizsiz oʻtmas kunlarim“ (2010), „Koʻngil“ (2011) nomli asarlari asosida filmlar sahnalashtirilgan. Oʻzbek davlat drama teatrida „Eski muhabbat“ (2004), Respublika yosh tomoshabinlar (2004) va Respublika qoʻgʻirchoq (2007) teatrlarida „Choʻpqoʻgʻirchoq“, Respublika yosh tomoshabinlar teatrida esa „Halollik tilab keldim“ (2010) nomli pyesalari xalqqa taqdim etildi. „Chimildiq“, „Bir kuni Afandi“, „Vafo“, „Zumrat va Qimmat“ adabiy asarlari asosida filmlar suratga olindi. Erkin Xushvaqtovning „Azon ovozi“ (1991), „Chimildiq“ (1998), „Andishali kelinchak“ (2005), „Halollik tilab keldim“ (2009) pyesalar toʻplami chop etildi. Bundan tashqari „Mehmonjonlardan aylanay“ nomli ssenariysi asosida 15 qismdan iborat boʻlgan teleserial ham tasvirga olindi[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dramaturg „Mehnat shuhrati“ ordeni (2002), „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni (2011) bilan mukofotlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ""Chimildiq" китоби, Erkin Xushvaqtov" https://kitobxon.com/oz/kitob/chimildi%D2%9B
- ↑ "Erkin Xushvaqtov асарлари, китоблари" https://kitobxon.com/oz/yozuvchi/erkin_hushva%D2%9Btov