Eric Gryba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eric Gryba
Gryba Ottawa Senators klubida 2013-yil
Tugʻilgan joyi 14-aprel 1988-yil (1988-04-14) (36 yosh)
Saskatoon, Saskatchewan, Kanada
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 228 lb (103 kg; 16 st 4 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari Ottawa Senators
Edmonton Oilers
New Jersey Devils
NHLga kirish drafti 68-oʻrindagi tanlov, 2006
Ottawa Senators
Jamoalardagi faoliyat 2010—2019

Eric David Gryba (talaffuzi: Erik Devid Griba) (1988-yil 14-aprelda tugʻilgan) – kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ottawa Senators[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eric Gryba 2006-yilgi NHL kirish loyihasida „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga 68-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Bu vaqtgacha Eric Gryba Boston universiteti xokkey jamoasi safida oʻynagan edi[1].

2010-yil 31-martda Eric Gryba „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[2]. 2013-yil 16-fevralda Eric Gryba klub safida NHLdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[3].

Gryba 2013-yilning 19-fevralida „New York Islanders“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi NHL ochkosini (assistent) qoʻlga kiritdi va 2013-yilning 23-martida „Tampa Bay Lightning“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining NHLdagi ilk golini kiritishga muvafafq boʻldi[4].

2014-yilning 26-iyunida Gryba „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan 2,5 million dollarlik ikki yilga moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi[5].

Edmonton Oilers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 27-iyun kuni Eric Gryba „Ottawa Senators“ xokkey klubi tomonidan Travis Ewanyk evaziga „Edmonton Oilersxokkey klubiga almashtirildi[6].

Eric Gryba klub safida 53 ta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, „Edmonton Oilers“ klubi u bilan shartnoma imzolamaslikni tanladi. Bu esa Eric Grybani cheklanmagan erkin agentga aylantirdi[7].

New Jersey Devils[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 1-iyulida Eric Gryba erkin agent sifatida „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan bir yillik, ikki tomonlama 700 000 dollarlik shartnomaga imzo chekdi[8].

2019-yil 22-sentyabrda Eric Gryba oʻzining Twitterdagi sahifasida oʻzining faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[9].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eric Grybaning otasi Shawn nafaqadagi oʻqituvchi, onasi Catherine esa Saskaatoon shahrining hokimi boʻlgan. Eric Gryba 2015-yilning avgustida Cate Eckhardt bilan unashtirildi[10] va ikkalasi 2016-yilning yozida turmush qurishdi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2003—2004 Saskatoon Contacts SMHL 39 1 10 11 89 10 4 8 12 20
2004—2005 Saskatoon Contacts SMHL 32 11 29 40 83 11 5 7 12 22
2004—2005 Melfort Mustangs SJHL 2 0 0 0 4
2005—2006 Green Bay Gamblers USHL 56 3 12 15 205 3 1 1 2 27
2006—2007 Boston University HE 38 1 3 4 76
2007—2008 Boston University HE 32 1 1 2 54
2008—2009 Boston University HE 45 0 6 6 106
2009—2010 Boston University HE 38 4 6 10 118
2009—2010 Binghamton Senators AHL 6 1 0 1 2
2010—2011 Binghamton Senators AHL 66 3 4 7 133 10 0 1 1 26
2011—2012 Binghamton Senators AHL 73 5 15 20 95
2012—2013 Binghamton Senators AHL 38 5 6 11 75
2012—2013 Ottawa Senators NHL 33 2 4 6 26 4 0 0 0 17
2013—2014 Ottawa Senators NHL 57 2 9 11 64
2014—2015 Ottawa Senators NHL 75 0 12 12 97 6 0 0 0 14
2015—2016 Edmonton Oilers NHL 53 1 5 6 75
2016—2017 Edmonton Oilers NHL 40 2 4 6 65 3 0 0 0 4
2017—2018 Edmonton Oilers NHL 21 0 2 2 31
2017—2018 Bakersfield Condors AHL 24 0 0 0 27
2018—2019 Binghamton Devils AHL 47 2 5 7 96
2018—2019 New Jersey Devils NHL 10 0 0 0 10
NHL jami 289 7 36 43 368 13 0 0 0 35

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ERIC GRYBA“. goterriers.com. Qaraldi: 2018-yil 25-mart.
  2. „Senators sign Eric Gryba to entry-level contract“. Ottawa Senators (2010-yil 31-mart). Qaraldi: 2010-yil 31-mart.
  3. „OTTAWA SENATORS DEFENCEMAN ERIC GRYBA EARNS PRAISE IN HIS NHL DEBUT“. thehockeynews.com (2013-yil 16-fevral). Qaraldi: 2018-yil 26-mart.
  4. Macgregor, Roy. „Senators capitalize as Lightning go out like lambs“. The Globe and Mail (2013-yil 23-mart). Qaraldi: 2018-yil 26-mart.
  5. „Eric Gryba inks two-year deal with Ottawa Senators“. Ottawa Sun (2014-yil 26-iyun).
  6. „Senators trade defenseman Eric Gryba to Edmonton“. Sportsnet.ca (2015-yil 27-iyun). Qaraldi: 2015-yil 27-iyun.
  7. „Oilers Sign Gryba“. NHL.com (2016-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 15-oktyabr.
  8. „Devils sign defenseman Eric Gryba to one-year, two-way contract“. New Jersey Devils (2018-yil 1-iyul). Qaraldi: 2018-yil 1-iyul.
  9. „Gryba retires after seven seasons in NHL“. NHL.com (2019-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
  10. @grybes02. „Well she said yes! So excited!“ (2015-yil 28-avgust).
  11. Matheson, Jim. „Oilers defenceman Eric Gryba shaves beard for charity“. Edmonton Journal (2017-yil 16-fevral). Qaraldi: 2018-yil 26-mart.