Kontent qismiga oʻtish

Engadagi oʻpirilish (2024)

Koordinatalari: 5°22′26″S 143°23′19″E / 5.37389°S 143.38861°E / -5.37389; 143.38861
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Engadagi oʻpirilish
Engadagi oʻpirilish (2024) is located in Papua New Guinea
Engadagi oʻpirilish (2024)
Sana24-may, 2024-yil(2024-05-24)
JoylashuvMaip Muritaka Rural LLG,
Enga provinsiyasi,
Papua Yangi Gvineya
SababOltin qazib olish va/yoki
kuchli yogʻingarchiliklar
(gumon qilinyabdi)[1][2]
Halok boʻlganlar2,000+ (estimated)
Jarohatlangan(lar)7
Yoʻqolganlar2,500+[3][4]

2024-yil 24-may kuni Papua-Yangi Gvineyaning Mulitaka shahrida tuproq koʻchkisi sodir boʻldi. Koʻchki oqibatida 2000 dan ortiq odam halok boʻlgan deb taxmin qilinayotgan boʻlsada[5], faqatgina oltita jasad topilgan[4]. Shuningdek, Kaokalam va Tulipana qishloqlaridan 2500 ga yaqin aholi bedarak yoʻqolgan[6]. Bu 1998-yilgi Papua-Yangi Gvineyadagi zilziladan keyin mamlakatdagi eng halokatli tabiiy ofat ekanligi va Vargas fojiasidan keyin jahon miqyosidagi eng halokatli koʻchki ekanligi aytilmoqda.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Papua-Yangi Gvineya muntazam ravishda togʻli yerlar, ob-havo, iqlim, qashshoqlik va hukumatning notoʻgʻri boshqaruvi tufayli halokatli koʻchkilardan aziyat chekib kelmoqda. 2024-yilda mamlakatda kuchli yogʻingarchilik va suv toshqinlari kuzatildi[2]. Shu yilning aprel oyidagi koʻchki 14 kishining hayotiga zomin boʻlgan boʻlsa, may oyida sodir boʻlgani esa kamida 21 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan[7].

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

18-may kuni koʻchki sodir boʻlgan joydan 105 km (65 milya) gʻarbda 4,5 ballik zilzila sodir boʻldi. Tepalik 126,2 km (78,4 milya) pastga qulab tushdi[8]. Mahalliy aholining aytishicha, aynan shu zilzila koʻchkiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin[1]. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakati zilzila sabab boʻlganiga hech qanday maʼlumot yoʻqligini aytib, oltin qazib olish yoki kuchli yomgʻir sabab boʻlganini tahmin qildi[2].

Taʼsir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻchki 24-may kuni, Papua-Yangi Gvineya vaqti bilan taxminan 03:00da (23-may, 17:00 UTC)[9] Mungalo togʻining ohaktosh yon bagʻirlaridan koʻp miqdorda vayronalar koʻchirilgandan soʻng sodir boʻlgan[10][2]. Koʻchki Maip Muritaka Rural LLG dagi oltita qishloqni vayron qilgan[11]. Birgina Kaokalam qishlogʻida oʻnlab uylar vayron boʻlgan va 500 ga yaqin odam dafn etilgan[4]. Koʻchki natijasida Porgera oltin koni yaqinidagi avtomagistralda harakatlanish toʻxtatildi va Kaokalamga olib boruvchi asosiy magistralning 150 metrini (490 fut) vayron boʻldi, bu esa yoqilgʻi va tovarlar yetkazib berish boʻyicha xavotirlarga sabab boʻlmoqda[12][1][13]. Magistral yoʻlda ishlayotgan yoʻl qurilish brigadasi ham koʻchki ostida qolgan[14] .

Tulipana qishlogʻida 2000 ga yaqin odam dafn etilgan[3]. Hududni poytaxt Port-Morsbi bilan bogʻlaydigan Highlands avtomagistrali ham toʻsib qoʻyilgan. Qishloqni oziq-ovqat bilan taʼminlagan bogʻlar va uning uchta daryosi koʻmilgan va vayron qilingani aytilmoqda[15]. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti rasmiysi koʻchki qoplagan maydon „uch va toʻrtta futbol maydoni“ga teng ekanligini taxmin qilgan[16].

2000-yildagi soʻnggi milliy roʻyxatga olingandan soʻng qayta roʻyhatga olinmaganligi sababli davlat qurbonlar sonini aniqlash bilan bogʻliq muammolarga duch kelmoqda[17]. 27-may kuni birgina Yambali qishlogʻida sodir boʻlgan koʻchki oqibatida 2000 kishi halok boʻlgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilingan[5]. Bu raqamlar hukumat amaldorlari tomonidan tasdiqlanmagan[16]. Umumiy hisobda hududda 4000 dan ortiq odam zarar koʻrgan[18]. Olti qurbonga tegishli beshta jasad va bir oyogʻ topilgan[10]. Etti kishi jarohatlangan[19] va yana toʻrt kishi qutqarilgan, 1182 ta uy vayron boʻlgan yoki turpoq ostida qolgan[20][21], 1250 ga yaqin odam hududdan koʻchirilgan[22]. 5000 dan ortiq choʻchqalar, 100 ta doʻkonlar va beshta transport vositalari hamda ikkita sogʻliqni saqlash markazi[23] turpoq ostida qolgani va vayron boʻlgani aytilmoqda[24]. 250 uyning ahvoli yomonligi sababli ularda yashovchi 1250 ga yaqin aholi koʻchirilgan[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Papua New Guinea landslide: More than 100 people feared dead in remote region“ (en). CNN (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Papua New Guinea: Large landslide causes 'loss of life and property'“ (en). Le Monde (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  3. 3,0 3,1 „Mulitaka landslide: Total number of people missing yet to be confirmed“. Papua New Guinea Post-Courier (2024-yil 26-may). 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  4. 4,0 4,1 4,2 „PNG landslide: Couple pulled alive from rubble as 690 feared dead“. asiapacificreport.nz (2024-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  5. 5,0 5,1 „Death toll in Papua New Guinea climbs to 2,000“ (2024-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  6. „Huge landslide strikes remote village in Papua New Guinea, with 100 people feared dead“. ABC News (Australia) (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  7. „Why does Papua New Guinea experience so many fatal landslides — and what can be done?“. Australian Broadcasting Corporation. 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  8. National Earthquake Information Center. „M 4.5 – 96 km WNW of Porgera, Papua New Guinea“. United States Geological Survey (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  9. „Papua New Guinea: More than 670 killed by landslide, new local estimates say“. Sky News (2024-yil 26-may). 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  10. 10,0 10,1 10,2 McGuirk, Rod. „Over 670 people died in a massive Papua New Guinea landslide, UN estimates, as survivors seek safety“. Associated Press (2024-yil 26-may). 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  11. „Papua New Guinea landslide: fears up to 100 dead in remote northern region“. The Guardian (2024-yil 24-may). 2024-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  12. „Hundreds Feared Dead After Landslide Hits Remote Papua New Guinea Village“. Citizen TV (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  13. „More than 100 feared dead in massive landslide in Papua New Guinea“ (en-US). CBS News (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  14. „Entire village buried alive in landslide“. Papua New Guinea Post-Courier (2024-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  15. „Papua New Guinea landslide: rescue convoy heads to remote village as scores feared buried“. The Guardian. 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
  16. 16,0 16,1 McGuirk, Rod. „More than 100 people believed killed by a landslide in Papua New Guinea, Australian media report“. Associated Press (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  17. „More than 2,000 people buried in Papua New Guinea landslide“. France 24 (2024-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  18. „Situation in Papua New Guinea 'catastrophic' following landslide, with 4,000 in need of aid“. Australian Broadcasting Corporation (2024-yil 25-may). 2024-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
  19. McGuirk, Rod. „Emergency convoy takes provisions to survivors of devastating landslide in Papua New Guinea“. Associated Press (2024-yil 25-may). 2024-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
  20. „Hundreds feared dead after huge landslide in Papua New Guinea“. Radio New Zealand (2024-yil 24-may). 2024-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  21. „More than 300 buried in Papua New Guinea landslide, local media says“. Reuters (2024-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 25-may.
  22. „UN migration agency estimates more than 670 killed in Papua New Guinea landslide“ (en). Associated Press (2024-yil 26-may). 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  23. Faa, Marian. „More than 670 people now feared dead following landslide in Papua New Guinea's highlands“. Australian Broadcasting Corporation (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  24. „Akem calls for help after landslide buried a whole village in Enga Province“. Papua New Guinea Post-Courier (2024-yil 25-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]