Emotional Intelligence

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

«Emotional intelligence» (oʻzbekcha: Hissiy intellekt) — Emotional intellegence: Why It Can Matter More than IQ —Daniel Goleman ning 1995-yilda yozilgan asari.

Hissiy intellekt
Asl nomi Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ
Muallif Daniel Goleman
Mamlakat AQSH
Til inglizcha
Nashriyot Bantam Books
Nashr etilgan sanasi 1995
Sahifalar soni 352
ISBN ISBN 978-0553383713

Asar haqida[tahrir]

Asarda muallif hissiy intellekt aqliy salohiyat (IQ) kabi akademik, professional, ijtimoiy hayotdagi muvaffaqiyatda muhim oʻrin tutishini taʼkidlaydi. Uning aytishicha, hissiy intellektni oʻrgatish va rivojlantirish mumkin, u shuningdek maktabda hissiy qobiliyatni oʻrgatish boʻyicha baʼzi metodlarni ham keltirib oʻtadi. Asar nashr qilingandan soʻng koʻplab AQSH maktablarida hissiy tarbiya darslari oʻtila boshlandi. Ammo bu dasturlar turlicha nomlanardi: Self Science — Oʻzlik haqida taʼlim, Social Development — Ijtimoiy rivojlanish, Life Skills — Hayot uchun zarur qobiliyatlar, Social and Emotional learning and Pesonal Intelligences — Ijtimoiy va hissiy taʼlim hamda shaxsiy intellekt kabi. Ularning barchasining maqsadi bir xil: oddiy taʼlim jarayonida oʻquvchining ijtimoiy va hissiy mukammalligini oʻstirishga qaratilgandi [1] Asar The New York Times Best Seller list da bir yarim yil turgan, dunyo boʻylab 40 tilda va 5 mln nusxada nashr tilingan[2]. The Time jurnali asarni eng taʼsirli 25 ta kitob roʻyxatiga kiritgan[3].

Manbalar[tahrir]

  1. http://www.nytimes.com/1993/11/07/education/managing-your-feelings-101.html?pagewanted=all&src=pm
  2. http://danielgoleman.info/biography/
  3. https://content.time.com/time/specials/packages/completelist/0,29569,2086680,00.html