Kontent qismiga oʻtish

Emmanuel Adebayor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sheyi Emmanuel Adebayor (1984-yil 26-fevralda tug'ilgan ) Togolik sobiq professional futbolchi bo'lib, hujum chizig'ida o'ynagan. Karyerasi davomida Adebayor ingliz klublari bo'lgan Arsenal, Manchester Siti, Tottenham Hotspur va Crystal Palace, shuningdek, fransuz klublari Metz, Monegasque, Monako jamoalarida, Ispaniya jamoasi Real Madrid, Turkiya klublari Istanbul Başakşehir va Kayserispor, Paragvayning Olimpiya klubi, Togo klubi Semassi jamoalarida harakat qilgan.

Adebayor 2008-yilda Arsenalda o'ynayotgan vaqtda Yilning eng yaxshi afrikalik futbolchisi deb tanlangan[1] shu bilan birga, 2020-yilda Olimpia Asunciónga qo'shilgan davrida, Adebayor Paragvayning eng yuqori maosh oladigan o'yinchisi bo'lgan[2].

Adebayor 2006-yilda Germaniyada bo'lib o'tgan FIFA Jahon Chempionatida Togo milliy jamoasida harakat qilgan. 2010-yil yanvar oyida Adebayor Togo jamoasining avtobusida Angolada o'tkazilgan Afrika musobaqasiga qatnashish uchun boryatgan vaqtda, to'satdan otishmaga duch kelgan. 2013-yilda bu futbolchi Janubiy Afrikada bo'lib o'tgan 2013-yilgi Afrika Qo'shma Shtatlar kubogida Togo jamoasi uchun maydonda harakat qilgan. Adebayorning yorqin o'yinlari yordamida Togo milliy terma jamoasi keyingi bosqichga o'tgan. Adebayor o'zining 32 ta goli bilan Togo jamoasining tarixida gol urish bo'yicha yetakchi bo'lgan[3].

Arsenaldagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil 13-yanvar kuni Premyer Ligadagi "Arsenal" klubi Adebayor bilan 3 million funtlik shartnoma tuzgan[4]. Adebayor yoshligida xristian diniga mansub bo'lgan "Arsenal"ning sobiq yulduzi Nvankwo Kanuga o'xshashligi uchun uning jamoadoshlari unga "Baby Kanu" laqabini berishgan[5]. Adebayor 2006-yil 4-fevral kuni birinchi marta "Arsenal" safida Birmingham Cityga qarshi o'tkazilgan Premyer-ligadagi o'yinda debyut qilib, 21-daqiqada gol urgan va uning goli bilan Arsenal klubi 2-0 hisobida g'alaba qozongan[6].  Adebayor 2006-yilgi UEFA chempionlar ligasi finalida Arsenal klubi bilan chempionlikka erishgan.

Adebayor Arsenalning "Mançester Yunayted"ga qarshi bahsda o'yindagi yagona golni urganligi uchun uning jamoasi Old Traffordda 1-0 hisobida g'alabani qo'lga kiritgan. Bu 2006-07-yilda jamoasi bilan erishgan ligadagi ilk g'alabasi bo'lgan. Shu o'yindan bitta oldingi o'yinda Adebayor Arsenal klubi uchun penalti ishlab bergan va uni Gilberto Silva yetti metrlik jarima to'pini golga aylantirib,o'z jamoadoshlariga g'alaba keltirgan[7].

2008-yilda Arsenal klubida to'p surayotgan Adebayor

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adebayorning ayoli bo'lgan shuningdek, ularning Kendra ismli qizi bo'lgan (2010-yil iyun oyida tug'ilgan)[8][9]. Adebayor Georgia Revolution FC yarim himoyachisi Aleks Xarlining amakisi bo'lgan[10].


Adebayor o'z imoni haqida: "Men hayotimda qilgan hamma ishimni Xudoning qo'liga topshirganman. U menga bugun bo'lib turgan joyimda bo'lish imkoniyatini bergan bo'lsada, agar yaratgan xohlasa, mening qo'limdagi barcha narsamni olib qo'yishga qodir. Men uchun Xudodan muhimroq narsa yo'q" shunday degan. Adebayor tug'ilganda, to'rt yil yura olmagan. Onasi yosh Adebayorni Afrika bo'ylab davolash uchun olib borgan. Keyinchalik, Adebayor o'zining "mo''jizasi" haqida gapirgan: "Men cherkovda yotgan edim va yakshanba kuni ertalab soat to'qqiz-o'n atrofida bolalar tashqarida o'ynashayotganini eshitdim. To'satdan kimdir cherkovga to'p tepib yubordi. Shu onda birinchi bo'lib to'pga yugurgan odam men bo'ldim, chunki men koptokni olishni xohlardim[11].

2015-yil 5-may kuni Adebayor o'zining Facebook sahifasida oilaviy muammolari haqida uzoq gapirib o'tgan. Bu muammolar orasida bir necha qarindoshlari katta miqdorda pul so'ragani va uning buncha miqdorda puli bo'lmaganligi haqida gapirib o'tgan. 2017-yil iyul oyida Adebayor o'z oilaviy masalalariga oid intervyusida o'zining o'g'li Real Madrid klubiga rasmiy xat yuborib, Adebayorni uning shartnomasining muddati tugaganidan keyin, klubdan ozod qilishlarini so'raganligini ta'kidlab o'tgan[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Adebayor named Africa's best player for 2008“. Arsenal F.C. (2009-yil 11-fevral). 2009-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 22-aprel.
  2. „Adebayor: El mejor pagado en la historia del fútbol paraguayo | Olimpia, Copa Libertadores“. d10.ultimahora.com. 2020-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-iyul.
  3. „Togo vs Tunisia Preview“ (2013-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 3-iyun.
  4. „Adebayor signs for the Gunners“. www.arsenal.com. Arsenal F.C. (2006-yil 13-yanvar). 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  5. Arsenal-Mania.com – The Arsenal website for Arsenal fans – Emmanuel Adebayor Profile.
  6. Hodgson, Guy. „Liverpool 5 Arsenal 2: Diaby and Adebayor hint at brighter Arsenal future“. The Independent (2006-yil 6-fevral). Qaraldi: 2009-yil 22-aprel.
  7. May, John. „Man Utd 0–1 Arsenal“. BBC Sport (2006-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 22-aprel.
  8. „Emmanuel Adebayor: No Regrets“. The Independent (2011-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 29-oktyabr.
  9. „Tottenham's Emmanuel Adebayor blames Togo federation for late return“. The Guardian (2013-yil 23-fevral). Qaraldi: 2013-yil 23-fevral.
  10. „Hounds Announce First Offseason Roster Moves“. Pittsburgh Riverhounds. 2016-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-yanvar.
  11. Bright. „Arsenal striker Emmanuel Adebayor's football 'miracle' taught him to walk“. telegraph.co.uk (2009-yil 3-fevral). Qaraldi: 2019-yil 27-avgust.
  12. „Adebayor: I don't talk to my family any more“. BBC News. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.