Emanuel Gularte

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emanuel Gularte
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Emanuel Gularte Méndez
Tavallud sanasi 30-sentyabr 1997-yil (1997-09-30) (26 yosh)
Tavallud joyi Montevideo, Urugvay
Boʻyi 1.89 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Puebla
Raqami 17
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2020 Montevideo Wanderers 24 (2)
2019Progreso (ijara) 29 (2)
2020— Puebla 61 (2)
Milliy terma jamoa
2015 Urugvay U18 4 (0)
2015—2017 Urugvay U20 7 (0)
2019 Urugvay U22 4 (0)
2020 Urugvay U23 5 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-iyul uchun)

Emanuel Gularte Méndez (1997-yil 30-sentyabrda Montevideoda tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „Puebla“ klubi himoyachisi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emanuel Gularte „Montevideo Wonderers“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilning 15-martida „Atlético Atenas“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 46-daqiqasida Martin Rivasning oʻrniga maydonga tushgan va shu orqali Emanuel Gularte Urugvay premyer ligasida debyut qildi[1]. Shu bilan bir qatorda, 12-noyabr kuni „Nacional“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Emanuel „Montevideo Wonderers“ futbol klubi safida ilk golini urdi[2]. Futbolchi „Montevideo Wonderers“ futbol klubi safida 24 ta oʻyinda ishtirok etib, 2 marotaba raqiblar darvoozasini ishgʻol etgan. 2019-yil boshida Emanuel Gularte „Progreso“ futbol klubiga ijaraga berildi. Hamda, 16-fevral kuni „Rampla Juniors“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi[3]. 3-noyabr kuni „Serro“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Emanuel „Progreso“ jamoasi tarkibidagi birinchi golini urdi[4]. Jamoa tarkibida 29 oʻyinda maydonga tushib, jami 2 ta gol urgan.

Shuningdek, 2020-yil boshida Emanuel Gularte meksikaning „Puebla“ futbol jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. Bu jamoa safida urugvaylik futbolchi 61 oʻyinda maydonga tushib, atigi 2 ta gol kiritgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Emanuel Gularte Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda oʻtkazilgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqqan. Oʻsha yili Emanuel Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Milliy terma jamoa safida 7 oʻyinda maydonga tushirilgan.

2019-yilda Urugvay Olimpiya terma jamoasi tarkibida Emanuel Gularte Peruda boʻlib oʻtgan Panamerika oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Peru, Argentina, Yamayka va Gonduras jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[5][6][7][8].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Chempionat Milliy kubok Xalqaro kubok Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
2014—2015 2 0 - - - - - - 2 0
2015—2016 0 0 - - 1 0 - - 1 0
2016 0 0 - - - - - - 0 0
2017 11 1 - - - - - - 11 1
Umumiy faoliyatida 13 1 - - 1 0 - - 14 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Монтевидео Уондерерс VS. Атенас 1:2“ (ruscha). soccerway.com (15-mart 2015-yil). 5-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2017-yil.
  2. „Монтевидео Уондерерс VS. Насьональ Маонтевидео 2:3“ (ruscha). soccerway.com (12-noyabr 2017-yil). 20-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
  3. „Прогресо VS. Рампла Хуниорс 3:4“ (ruscha). soccerway.com (16-fevral 2019-yil). 23-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
  4. „Прогресо VS. Серро 1:1“ (ruscha). soccerway.com (3-noyabr 2019-yil). 20-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
  5. „Уругвай (до 23) VS. Перу (до 23) 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (30-iyul 2019-yil). 8-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
  6. „Уругвай (до 23) VS. Аргентина (до 23) 0:3“ (inglizcha). soccerway.com (18-avgust 2019-yil). 3-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
  7. „Ямайка (до 23) VS. Уругвай (до 23) 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (2-avgust 2019-yil). 31-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
  8. „Мексика (до 23) VS. Гондурас (до 23) 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (8-avgust 2019-yil). 20-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.