Elyanna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elyanna
Elyanna UAM.jpg
Elyanna in 2022
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Elian Marjieh
23-yanvar 2002-yil (2002-01-23) (22 yosh)
Fuqaroligi Falastin
Kasbi
  • qo'shiqchi
  • ssan'atkor
Leybl Universal Arabic Music
Janr
Faoliyat yillari 2019–yildanhozirgacha

Elian Marjieh (2002-yil 23-yanvarda tugʻilgan)[1] – falastin-chilienlik qoʻshiqchi hamda qoʻshiqlar matni muallifi, sanʼat olamiga Elyanna taxallusi bilan tanilgan. U ikkita musiqiy albom chiqardi: Elyanna (2020-yilda) va Elyanna II (2022-yilda). U mualliflik qilgan Ana Lahale, Gharib Alay, Ala Bali va Mama Eh The Official Livanese Top 20 roʻyxatidan munosib oʻrin olgan[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elian Marjieh[3] Isroil davlatining Nosira shahrida[4] tavallud topgan va nasroniy falastinlik va Chilenlikdir[5]. Uning onasi shoir, bobosi esa shoir va qoʻshiqchi boʻlgan[6]. Oilasida sanʼat yaxshi qabul qilingan. Oila aʼzolari sanʼatni sevuvchi insonlar boʻlishgan. Yosh qoʻshiqchi ayni shu sababdan ham sanʼaat olamiga ancha erta kirib keldi. Elian Marjieh yetti yoshida[7] qoʻshiq kuylashni boshladi va oʻsmirlik chogʻida SoundCloudga qoʻshiqlarning muqovalarini joylashtirgan[4]. 2017-yilda, 15 yoshida, u oilasi bilan Kaliforniyaning San-Diego shahriga (Los-Anjeles) musiqiy karyerasini toʻxtab qolmasdan davom ettirishi maqsadida koʻchib oʻtdi[5]. Amerika Qoʻshma Shtatlarga kelganidan soʻng, u oʻzining Instagram sahifasida mualliflik qoʻshiqlarini joylashtira boshladi va u yerda yosh sanʼatkorning muxlislari yigʻilib bordi. Koʻp oʻtmay ularning soni 300 000 nafarga yetdi[6].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Elyanna qoʻshiqchi va prodyuser Nasri bilan hamkorlik qilish maqsadida uning menejeri Vassim Slaybi bilan bogʻlandi[5]. U Slaibyning boshqaruv kompaniyasi SALXCO bilan shartnoma imzoladi, Oradan koʻp vaqt oʻtmay unga Nasri va boshqa qoʻshiqchi va prodyuser Massari ustozlik qilishdi[7]. Uning birinchi qoʻshiqlaridan biri boʻlgan „Ana Lahale“ Massari dan mehmon vokalini namoyish etdi[8]. Bu trek uning 2020-yil fevralda Empire Distribution nashri boʻlgan ElMar Music orqali chiqarilgan oʻz-oʻziga xos ilk albomi edi[6]. 2021-yil aprel oyida Elyanna Slaiby tomonidan Republic Records va Universal Music Group bilan hamkorlikda tashkil etilgan Universal Arabic Music (UAM) nomli yangi nashrning ilk ishtirokchilaridan biri sifatida eʼlon qilindi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Marjieh. „elyanna on Instagram: "٢١🎂🎂🎂🎂"“. Instagram (2023-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-avgust.
  2. Peak chart positions for singles in Lebanon:
  3. Aswad, Jem. „Can Universal and Weeknd Manager Wassim 'Sal' Slaiby Take Arabic Music Global?“. Variety (2022-yil 2-avgust). Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
  4. 4,0 4,1 Sweidan, Ruqyah. „Who Is the Rising Palestinian Star, Elyanna?“. Arab America (2021-yil 17-mart). Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
  5. 5,0 5,1 5,2 Barshad, Amos. „Can Arabic-language pop conquer America? A Tarzana ingénue and her power manager say 'inshallah“. Los Angeles Times (2022-yil 25-iyul). Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.Barshad, Amos (July 25, 2022). „Can Arabic-language pop conquer America? A Tarzana ingénue and her power manager say 'inshallah“. Los Angeles Times. Retrieved February 19, 2023.
  6. 6,0 6,1 6,2 Mooro, Alya. „Palestinian-Chilean Singer Elyanna Is Unapologetically Ready For Stardom“. GQ Middle East (2021-yil 22-may). Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.Mooro, Alya (May 22, 2021). „Palestinian-Chilean Singer Elyanna Is Unapologetically Ready For Stardom“. GQ Middle East. Retrieved February 19, 2023.
  7. 7,0 7,1 Minthe, Caterina. „Elyanna Reveals the A-Team Steering Her to Explode Music Charts“. Vogue Middle East (2020-yil 13-may). Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.Minthe, Caterina (May 13, 2020). „Elyanna Reveals the A-Team Steering Her to Explode Music Charts“. Vogue Middle East. Retrieved February 19, 2023.
  8. Kaabi, Amina. „Elyanna is the moment“. Cosmopolitan (2022-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
  9. Stassen, Murray. „Universal and Republic Team With Wassim 'Sal' Slaiby to Launch Universal Arabic Music“. Music Business Worldwide (2021-yil 6-aprel). Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]