Elon Musk: Tesla, SpaceX va kelajak sari yoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elon Musk: Tesla, SpaceX va kelajak sari yoʻl
Asl nomi Elon Musk: Tesla, SpaceX, and the Quest for a Fantastic Future
Muallif(lar) Ashlee Vance
Muharrir(lar) Vohid Umirov
Tarjimon(lar) Faxriddin Sodiq, Asliddin Shomamatov
Bezovchi(lar) Muhiddin Xoldorov
Til inglizcha
Janr(lar)i Biografiya
Nashr etilgan sanasi 2015
Nashriyot Azbobooks
Sahifalar soni 512
ISBN 978-9943-5787-2-2
Keyingisi 2022-yil

Elon Musk: Tesla, SpaceX va kelajak sari yoʻl (inglizcha: Elon Musk: Tesla, SpaceX, and the Quest for a Fantastic Future) — Ashlee Vancening 2015-yilda Elon Musk haqida yozgan biografik kitobi. Ushbu kitobni yozish uchun Vens Musk bilan 50 soatdan ortiq suhbatlashadi va uning oila aʼzolari, doʻstlari, yaqinlari, u bilan ishlagan xodimlardan qariyb 300 kishiga murojaat qiladi. Kitobda Maskning Janubiy Afrikada kechirgan bolalik yillaridan tortib hozirgi davrgacha bosib oʻtgan yoʻli, PayPal, Tesla, SpaceX va SolarCity kabi yirik kompaniyalarga asos solib, sayyoraviy biznes gigantiga aylanishi haqida hikoya qiladi. Muallifning fikricha, Musk jahon biznesi tarixida mislsiz iz qoldirgan taqdbirkor boʼlib, Thomas Edison, Henry Ford, Hovard Hughes va Steve Jobs kabi afsonaviy innovatorlar va sanoatchilarning eng yaxshi jihatlarini oʻzida uygʼunlashtirgan. [1][2]

Kitob haqida fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aniq tafsilotlar keltirilgan... Ushbu asar, ehtimol biz shu vaqtgacha u haqda chizilgan karikaturalar orqaligina bilgan inson haqida aniq maʼlumotlar berishga xizmat qiladi. Kitobning soʻnggi sahifalarida har qanday oʻquvchi Maskni Steve Jobs bilan solishtirish fikridan qaytadi va Maskka nisbatan hurmati ortadi. Unga oʻxshash boʻlgan odamni topish qiyin.

Texnologiya boʻyicha faxriy jurnalist Ashlee Vance zamonamizning eng dadil va shijoatli tadbirkori hayotini ilk bor har tomonlama va toʻla ochib berishga jazm qildi. Elon Musk Amerika sanoatiga yangi nafas olib kirgan PayPaldan Tesla, SpaceX, Solar Cityga qadar boʻlgan yangi darajadagi startaplarga asos solgan, qiyinchiliklarni yengib oʻtib, milliardlab dollar pul ishlagan va yoʻl-yoʻlakay ancha-muncha dushman orttirgan tadbirkorning siymosini gavdalantiradi.

Mardonavor va oʻyga toldiruvchi hayot yoʻli.

Kitob The Wall Street Journal, NPR, Amazon.com, Fast Company va Audible tomonidan 2015 yilning eng yaxshi kitoblaridan biri deb eʼlon qilindi.[4][5][6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]