Steve Jobs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Steve Jobs

Jobs 2010-yilda
Tavalludi
Steven Paul Jobs

24-fevral 1955-yil
Vafoti 5-oktyabr 2011-yil(2011-10-05)
(56 yoshda)
Palo-Alto, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi Reed kolleji
Kasbi
  • Tadbirkor
  • biznes-magnat
  • investor
Faoliyat yillari 1971—2011
Turmush oʻrtogʻi
Laurene Powell (turm. 1991)
Bolalari 4
Otasi John Abdulfattah Jandali[1]
Onasi Joanne Carole Schieble Simpson[2]
Imzosi

Steven Paul Jobs (talaffuzi: Stiven Pol Jobs) yoki Steve Jobs (24-fevral 1955-yil — 5-oktyabr 2011-yil) — amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple korporatsiyasi asoschisi. Jobs ham koʻp ishni bajara oladigan, ham oʻziga tortadigan mahsulotlarni chiqarishda bir qator yangiliklarni kiritgan. Uni koʻpincha biznes tarixidagi eng muvaffaqiyatli va boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan tadbirkor deb atashadi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Steven Paul Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View shaharchasida tugʻilgan. Uning yoshlik va oʻsmirlik yillari shu yerda oʻtgan. Jobsning haqiqiy ota-onasi yosh talabalar boʻlgani va oila qurmagani uchun goʻdakni boqib olish uchun berib yuborishgan. Paul va Clara (qizlik familiyasi: Hagopian) Jobslar esa uni boqib olgan[3].

Stevening asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy (arabcha: عبد الفتاح الجندلي) — suriyalik musulmon, asl onasi Joanne Carole Schieble esa amerikalik boʻlgan Ular Universitetda tanishisgan[4]. Ular keyinchalik oila quradi va Jandaliy siyosiy fanlar, Schieble esa tilshunoslik sohasida faoliyat yuritadi. Mona Simpson, ularning qizi va Steve Jobsning singlisi, bugun taniqli adiba. Steve Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi . U keyinchalik opalarini qidirishga tushadi[5][6].

2003-yil Steve Jobsning oshqozon osti bezida saraton paydo boʻladi. Davolanganidan keyin avvaliga oʻzini ancha yaxshi his qiladi, lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil jigarini transplantatsiya qildiradi. Ammo sogʻligʻi hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyida Applening bosh ijrochi direktori (BID) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Steve Jobs 2011-yil 5-oktyabrda 56 yoshda undagi saratonning jalalashi (metastazi) tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumdi[7][8][9].

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tishlangan olma — „Apple. Inc“ kompaniyasi timsoli. „Apple“ inglizchada „olma“ degan maʼnoni bildiradi.

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1974-yil Steve Jobs maktab davrida tanishgan doʻsti Steve Wozniak bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Steve Vozniak oʻsha paytda HP (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Folksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa boʻladigan kalkulyatorini sotib, ikki oʻsmir Jobsning uyidagi garajda mantiqiy plata (logic board) yasashadi va uni Apple I deb atashadi. Steve Jobs birinchilardan boʻlib kompyuterlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa boʻladi degan fikrni olgʻa surgan.

1977-yil ikki doʻst Apple II kompyuterini yasashadi va unga klaviatura bilan koʻrkam quti qoʻshishadi. Oʻsha yili Steve hamkorlardan mablagʻ toʻplaydi va Apple Compyuter kompaniyasiga asos soladi. Apple II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982-yil Apple bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi koputer kompaniyasi boʻldi. 1983-yil Apple Compyuter oldin koʻrilmagan tezlik bilan AQShning eng yuqori 500 kompaniyalari roʻyxati boʻlgan „Fortune 500“ safiga kiradi.

1983-yil Apple Lisa deb nomlangan, asosan bizneslar uchun moʻljallangan kompyuterni savdoga chiqaradi. Lisada birinchilardan boʻlib ekranda kursorni boshqaradigan „sichqon“ bor edi. Keyinroq keng ommaga moʻljallangan Macintosh kuchli kompyuteri chiqadi. Macintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, GUI) texnologiyasidan qoʻllanilgan.

2011-yil 21-dekabrda Steve Jobs bugungi kunning eng buyuk allomalaridan bir boʻlgani uchun Budapeshtda uning xotirasiga ilk bronza haykal oʻrnatildi.[10]

NeXT[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yil Steve Jobs ichki nizolar tufayli oʻzi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs oʻzi bilan besh ishchini olib NeXT degan yangi shirkatga asos soladi. 1986-yil Jobs Lucasfilm Ltd. degan kompaniyaning kompyuter boʻlimini sotib oladi va uni Pixar Animation Studios deb ataydi. Pixar studiyasi kompyuter animatsiyasi sohasida eng ilgʻor kompaniyaga aylanadi. Pixar 1995-yil „Oʻyinchoqlar tarixi“ (Toy Story) — tarixda birinchi butunlay kompyuterda ishlangan filmni chiqaradi.

1996-yil Apple NeXTni sotib oladi va Jobs Applening maslahatchisi qilib tayinlanadi. Keyinroq Jobs yana qaytadan Applening boshligʻi lavozimiga koʻtariladi va uning rahbarligi ostida kompaniya oyoqqa tura boshlaydi. 1998-yil Jobs koʻp hissa qoʻshgan iMac degan bittagina qismdan iborat kompyuter sotuvga chiqariladi va Applening ishlari yanada yurishib ketadi.

iPod, iTunes, iPhone va iPad[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yil Apple musiqa tinglash uchun moʻljallangan iTunes programmasini chiqardi. Oʻsha yili partativ musiqa pleyeri iPod sotuvga chiqarildi. Bu mahsulot butun dunyo boʻyicha xaridorlarga manzur boʻldi. Bu muvaffaqiyatdan keyin iTunes musiqa sotib olish sayti ochildi. 2003-yil aprelda ochilgan bu saytdan shu kungacha 10 milliarddan oshiq kuy koʻchirib olindi. 2007-yil koʻp funksiyali iPhone telefoni, 2010- yil esa iPad planshet kompyuteri sotuvga chiqarildi. Bu ikkala mahsulotlar ishlab chiqilishi va ommaga tadbiq qilinishini Jobsning shaxsan oʻzi faol olib borgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. — С. 3.
  3. „Steve Jobs: adopted child who never met his biological father“. Daily Telegraph (2011-yil 6-oktyabr). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
  4. „Steve Jobs: A tribute to the cousin I never met“. gulfnews.com. 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  5. Steve Jobs, ilgʻor texnologiya asoschisi, vafot etdi, voanews.com
  6. Apple muallifi Steve Jobs olamdan o‘tdi, bbc.co.uk
  7. Apple kompaniyasi asoschisi Steve Jobs vafot etdi (Wayback Machine saytida 2011-10-08 sanasida arxivlangan), infoman.uz
  8. Steve Jobs, Appleʼs Visionary, Dies at 56, The New York Times
  9. Umer Steve Djobs, Lenta.ru
  10. „Steve Jobs statue unveiled in Hungary science park“ (21-dekabr, 2011). 2012-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel, 2012.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Steve Jobs haqida sahifa mavjud.