Elnur Abduraimov
Elnur Nurgalievich Abduraimov | |
---|---|
Statistikasi | |
Asl ismi | Елнұр Нұрғалиұлы Абдураимов |
Vazni | 60 kg gacha |
Tavalludi |
10-iyun 1994-yil Toshkent viloyati |
Medal soni | ||
---|---|---|
![]() | ||
Boks | ||
Bronza | 2015 Jahon Chempionati | 60 kg gacha |
Bronza | 2015 Osiyo Chempionati] | 60 kg gacha |
Oltin | 2017 Osiyo Chempionati] | 60 kg gacha |
Elnur Nurgalievich Abduraimov (qozoqcha: Елнұр Нұрғалиұлы Абдураимов 1994- yil 10-iyun, G‘azalkent) — Oʻzbekistonlik bokschi.
Boks boʻyicha Osiyo chempionati gʻolibi, boks boʻyicha jahon chempionati va Osiyo chempionatida erkaklar oʻrtasida 60 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medali sovrindori. Shuningdek, boks boʻyicha bir qator milliy va xalqaro turnirlar gʻolibi va sovrindori.
Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida jahon chempionati bronza bokschisi Abduraimov ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Ammo Oʻzbekistondan yana bir bokschi - APB chempioni Xurshid Tojiboyev yagona Olimpiada yoʻllanmasi daʼvogari edi[1]. Natijada Oʻzbekiston MOQ Tojiboyev foydasiga qaror qabul qiladi[2].
2021-yili Tokioda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida 63 kg vazn toifasida chorak finalda Abduraimov armanistonlik Ovannes Bachkovga qarshi ringga koʻtarilib, magʻlub boʻladi[3].
Erishilgan natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Musobaqa nomi | Egallagan oʻrni |
---|---|---|
2009-yil | G. Aliyev kubogi-2009 VII Xalqaro turnir, Ozarbayjon | 3-oʻrin |
2010-yil | ZTRK M.Xayrutdinov xotirasiga bagʻishlangan 9-xalqaro turnir, Qozogʻiston | 1 oʻrin |
2012-yil | MSMK Nikolay Pavlyukov xotirasiga bagʻishlangan V xalqaro turnir, Rossiya | 3-oʻrin |
2012-yil | Aka-uka Klichkolarning "A" toifasi sovrinlari uchun XIV xalqaro turnir, Ukraina | 2-oʻrin |
2015-yil | Boks boʻyicha jahon chempionati, Doha | 3-oʻrin |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Хуршид Таджибаев завоевал олимпийскую лицензию“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-sentyabr 2016-yil.
- ↑ „AIBA reveal first 60 qualifiers for Rio 2016 boxing tournaments“. 8-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-sentyabr 2016-yil.
- ↑ Токио-2020. Шахобиддин Зоиров и Элнур Абдураимов покинули Олимпиаду без медалей Kun.uz